69
bunda turli mulk sarmoyalari jalb etilgan bo’ladi. Bunday sharoitda faoliyat
imkoniyatlari kengayadi, samara-dorlik darajasi ortadi. Ayniqsa, bunday mulk shakli
ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsiya sohasi, yangi tarmoklar yaratishda juda
ahamiyatlidir.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga o’tishda chet sarmoyalarni jalb etish alohida
ahamiyat kasb etadi. Mulk nuqtai nazaridan olsak, bu chet kapitalini jalb etgan holda
qo’shma mulkni avj oldirishdir. Mamlakatimizda, ayniqsa Turkiya, Koreya
Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh kapitallari ishtirokida
qo’shma mulklar ko’paymoqtsa. 2002 yilga kelib chet investitsiyasi bilan ish
ko’rayotgan korxonalar soni 3061 ga etdi va shulardan 985 tasi shakllanish
darajasidadir. 2001 yilning o’zida bunday qo’shma korxonalarda ishlab chiqarish 6,7
marta o’sdi va mahsulot 41,6 mlrd so’mga etdi. Qisqa vaqt ichida barpo etilgan
bunday korxonalar miqdorining shunday darajaga etishi katta muvaffaqiyatdir,
albatta. Lekin bu jarayon yana ham tezlashishi zarur.
Chetki kapital asosidagi qo’shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani
kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib
boradi. Katta mablag’lar talab etiladigan sharoitda qo’shma mulk orqali chet
kapitalini jalb etish zaruriyatdir
.
Zero, yuqorida aytganimizdek, respublikamiz oldida
xalq xo’jaligi tizimini tubdan o’zgartirish, yangi tarmoqlar yaratish, zamonaviy
texnologiyani o’zlashtirish kabi yirik iqtisodiy vazifalar turibdiki, ular nihoyatda katta
sarmoyalarni talab etadi, qo’shma mulk esa bu muammoni echishda katta rol o’ynashi
turgan gap.
Qo’shma mulk tufayli jalb etilgan chet kapitali yangi texnologiyani olib
kirmokda. Chunonchi, Koreya Respublikasi, Germaniya Federativ hukumati kapitallari
asosida yuzaga kelgan qo’shma korxonalar respublikamiz uchun yangi zamonaviy
avtomobil sanoatini yuzaga keltirish imkonini bermoqda.
Х
omashyoviylik
yo’nalishini
bartaraf
etib,
paxtadan
kiyim-kechak
tayyorlashgacha bo’lgan texnologik ishlab chiqarishni yaratishda Turkiya, Koreya
Respublikasi kabilar bilan yuzaga kelayot-gan qo’shma mulk juda ahamiyatlidir.
Bunday jarayonlar kundan-kunga rivojlanib, turli mamlakatlar ishtirokida qo’shma
mulkni kengaytirish yanada avj olmokda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad
qo’shma mulkning shakllanish jarayoniga chetdan yirik kapitallarni jalb etish, uni
miqdori va hajmini kengaytirish yo’li bilan yangi tarmoqpar barpo etish, zamonaviy
texnologiyani qo’llash kabi hajmli sarmoyalarga bog’liq masalalarni muvaffaqiyatli
bajarishni tezlashtirishdir.
Keyingi vaqtlarda tashkilotlar mulkining mavqei ham oshmoqtsa. Chunki,
ularning xo’jalik — tijorat faoliyatlarining o’sishi mulkni badal puli chegarasidan
allaqachon chiqarib yubordi. Bular turli partiyalar, kasaba va yoshlar uyushmalari,
turli fondlar kabilarning mulklaridir.
Dostları ilə paylaş: