Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


10 
I-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHINING TARIXI 
1.1. Bozor tarixiga oid 
1.2. Amir Temur davlatining iqtisodiy siyosati va soliqlar tizimi 
1.3. O’zbekistonning bozor tarixi 
 
 
1.1. Bozor tarixiga oid 
 
G’arbga nisbatan Sharq mamlakatlarida taraqqiyot ancha oldin boshlangan. 
Insonning iqtisodiyot sohasidagi faoliyati, bozor, savdo kabilar Osiyo xalqlari ichida 
juda qadimgi davlardayoq boshlanib, so’ngra g’arbga, Ovro’pa xalqlariga tarqala 
boshlagan. 
Sharq bozori, Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi bozor o’zining qadimiyligi 
bilan bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu yerlarda qadim davrlardanoq 
inson iqtisodiy faoliyati ancha yuqori darajada ekanligini ko’rsatadi. Avvalo shuni 
ta’kidlash zarurki, sharq bozorida maxsus savdo rastalari, do’konlar, omborlar
karvon saroylar kabilar bo’lgan. Shu bilan birga savdogarlar o’z vatanlaridan uzoq 
bo’lgan bir necha bozorlarda oldi-sotdi ishlarida qatnashishgan, hatto bir necha 
mamlakatlar bozorlarida ishtirok etishgan. 
Bu 
albatta, 
qadim 
vaqtlardayoq 
hunarmanchilik, 
dehqonchilik 
rivojlanganligining natijasidir. Qadimgi davr, qulchilik davrlardayoq hozirgi 
O’zbekiston hududi bozorlarida Misr, Mesopotamiya, Hindiston, 
Х
itoy va Yunon 
savdogarlari o’z mollarini sotish bilan birga ko’p miqdorda bu yerlardan 
hunarmandlar, dehqonlar mahsulotlarini xarid qilar edilar. 
Turon bozorida «Ipak yo’li»ning ta’siri katta edi. Bu yo’l 
Х
itoydan Janubiy 
Ovro’pagacha cho’zilgan bo’lib, shu yo’l bo’yidagi shahar bozorlarini o’z ichiga 
olar, ya’ni asosan shu «Ipak yo’li o’tgan joylardagi» bozorlarga ta’sir etar edi. Bu 
bozor Foydalanilgan adabiyotlarqat 
Х
itoy mollari va Janubiy Ovro’pa mollari bilan 
chegaralanmay, yo’l-yo’lakay barcha xalqlar mollari savdosini ham ta’minlar edi. 
Albatta, bunda 
Х
itoyning ipak mollari va chinnisi katta o’rin egallar, lekin Turon 
hunarmand va dexqonchilik mollarining salmog’i ham oz emas edi. Bu mollar Uzoq 
Sharq va Ovro’pagacha olib borilib sotilar edi. Shu bilan birga «Ipak yo’li» o’tgan 
hududlar uchun noma’lum bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishining bora-bora 
o’zlashtirilishda «Ipak yo’li»ning ta’siri katta bo’lgan. 
O’zbekiston hududida keyingi bozor taqdiri Movaraunnahr bilan bog’liq 
bo’lgan. Bunda Amir Temur davri o’z ahamiyati bilan farqlanib turadi. Chunki, u 
yirik markazlashgan davlat barpo etib, bozor uchun juda qulay sharoit yaratgan edi. 
O’zbekiston asosidagi davlat g’arbda Ovro’pagacha, Sharqda 
Х
itoy, Hindistongacha 
cho’zilgan bo’lib, bozor uchun keng masofa yaratildi. Bunda ichki bozorga nisbatan 
tashqi bozor kengroq rivojlandi. 
Shaharlar ko’payib, yirik-yirik savdo markazlari paydo bo’ldi. Savdo avji 
hunarmandchilik va xaridorgir mollar ishlab chiqarishni kengaytirdi. Bu vaqtga kelib 
Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Shahrisabz kabi jahon ahamiyatiga molik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


11 
savdo markazlari yuzaga keldi. Movaraunnahr bozorlari Sharq va g’arb mamlakatlari 
savdogarlarini o’ziga jalb etdi. 
Katta shaharlar bozorida savdoning xususiyatlaridan biri shu ediki, hunarmand 
mollari alohida savdo do’konlarida emas, balki asosan korxonaning o’zida sotilar 
edi. Shunga ko’ra maxsus hunarmandlar mahallasi, o’rami, mavzelari bo’lgan. 
Bularning ayrimlarining nomlari hozirgacha ham saqlanib kelmoqda. Chunonchi, 
O’qchi, Egarchi, Misgarlik, Kallaxona, Chaqichmon kabilar. Bunday mahallalar 
asosan shaharlar markazida bozorlarga yaqin joylashgan edi. 
To’quvchi va tikuvchiga o’xshaganlarning mahsulotlari asosan bozorlarda 
sotilib, ular sotiladigan maxsus bozorlar mavjud bo’lgan. Masalan, Samarqandning 
Registon maydonida XV-asrda qurilgan katta aylanma bino bo’lib, bu do’ppi bozori 
edi. Hozirgi vaqtda bu erda kutubxona joylashgan. 
Bundan tashqari savdogarlar ayrim mollarni sotishga ixtisoslashgan bo’lib, o’z 
nomiga ega edi. Aytaylik, allopun va bug’doy, qassob-go’sht sotuvchilar, baqqol-
mayda savdo kabilar. Bular savdo va bozorning qadimdan ancha yuqori darajada 
ekanligidan dalolatdir.

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin