Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Kichik va o’rta biznes istiqboli



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

 
18.2. Kichik va o’rta biznes istiqboli 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif kichik va o’rta biznes korxonalarini 
samarali faoliyat olib borishga undaydigan mexanizm sifatida namoyon bo’ldi. 
Agarda korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozor talablariga to’liq- javob 
bersa, demak korxonaning ushbu mahsulotlarni sotishdan oladigan daromadlari o’sib 
boradi va korxona qo’shimcha kengayish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Ikkinchi 
tomondan, tovarlarning narxi ishlab chiqaruvchilarga bozorda bo’ladigan 
o’zgarishlar to’g’risida signal bo’lib xizmat qiladi. Tovarlarning bozordagi narxlari 
oshishi bilan ishlab chiqaruvchilarga raqobat paydo bo’ladi va ular bozorga ko’plab 
mahsulotlar chiqara boshlaydilar. 
Shularni hisobga olib kichik va o’rta biznes korxonalari faoliyati 
ko’rsatkichlarini ekonometrik modellashtirishning uslubiy asoslari tadqiq qilinadi va 
ular rivojlanishining modellari ishlab chiqiladi.. Buning uchun iqtisodiy jarayonlarni 
modellashtirish usullari va unda qo’llaniladigan yondashuvlar, modellarni tahlil 
qilish va ularni kichik va o’rta biznes korxonalari faoliyatini tizimli o’rganish va 
rivojlanishidagi ahamiyati ochib beriladi. 
Kichik va o’rta biznes korxonalari ishlab chiqarish, mehnat va moddiy 
resurslar miqdorlarini hamda foyda va xarajatlar hajmini modellashtirish usullari va 
ularga mos ishlab chiqarish funktsiyalari tuzishi lozim. 
Kichik va o’rta biznes korxonalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish vaqtida 
turli xil resurslar, texnologiyalar, ishchi kuchi va boshqa resurslarni jalb etadilar. 
Ushbu korxonalar o’zlarining maqsadlariga qarab uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


129 
faoliyat ko’rsatadilar. Qisqa muddatli oraliqda korxona ishlab chiqarish quvvatini 
o’zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq 
muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o’zgaradi. Albatta uzoq va qisqa 
muddatli oraliqlar, har xil mahsulotlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Shu davrlarda 
korxonalarning asosiy maqsadi foydaning eng katta hajmiga erishishdan iboratdir. 
Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. 
TC
TR
-
=
p
, (1) 
bu erda 
p
- foyda, TR-umumiy daromad, Tayanch so’zlar:- umumiy xarajat. 
Shundan kelib chiqib kichik va o’rta biznes korxonalariga foyda, xarajatlar va 
optimal ishlab chiqarish miqdorini modellashtirish usuli taklif etilishi lozim. 
Ishlab chiqarish- bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, 
uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum 
miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Ularni yiriklashgan uch guruhga 
bo’lish qabul qilingan: mehnat, kapital va materiallar. 
Bunday omillar birgalikda olib qaraladigan bo’lsa, ular ishlab chiqarish 
funktsiyasi orqali ifodalanadi va ishlab chiqarish funktsiyasi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida kichik va o’rta biznes korxonalarining chegaralangan resurslardan qay 
darajada foydalanilayotganligini tahlil qilishga imkon beradi. Agar omillar majmuasi 
kapital sarfi, mehnat va materiallardan iborat bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasi 
quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 
Q=f(K,L,M), (2) 
Bu erda Q- berilgan texnologiyada eng ko’p ishlab chiqariladigan mahsulot 
miqdori; K- kapital; L- mehnat; M-materiallar. 
Agar ishlab chiqarish funktsiyasi ikkita K(kapital) va L(mehnat) omillariga 
bog’liq bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagicha yoziladi: 
Q= f(K,L). (3) 
Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi kapital va mehnat ishlab 
chiqarish omillariga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida non 
ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslardan va kapitaldan foydalangan holda 
qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki 
qishloq xo’jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan 
foydalangan xolda ma’lum vaqt oralig’ida qancha mahsulot ishlab chiqarishini 
ifodalash mumkin. 
Mahsulot ishlab chiqarish ko’proq qo’l mehnatiga asoslangan bo’lsa u xolda 
ishlab chiqarish funktsiyasini faqat sarflangan mehnatga bog’liq ravishda yozish 
mumkin: Qqf(L) Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko’proq kapital sig’imiga ega 
bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasini Qqf(K) ko’rinishida yozish mumkin. 
Ta’kidlash joizki, 2 va 3 tenglamalar ishlab chiqarishning ma’lum 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


130 
texnologiyasida qo’llanilishi mumkin. Agar texnologiya o’zgarsa, ya’ni yangi 
texnologiya qo’llansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi 
o’zgarmaganda ham o’sishi mumkin. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kichik korxonalarda ishlab chiqarish 
mehnat va kapital sarfiga, mehnat sarfi o’zgarmas bo’lib, u faqat kapital sarfiga 
bog’liq bo’lgan hamda texnologiyalar takomillashuvining ishlab chiqarish hajmlariga 
ta’sirini modellashtirish usullari asoslangan va ular non mahsulotlari, mebel va 
boshqa turdagi ishlab chiqarishlarning optimal hajmlarini aniqlash orqali sinab 
ko’rish kerak. 
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida milliy 
iqtisodning barcha tarmoqlarida ko’plab kichik va o’rta biznes korxonlari vujudga 
kelmoqda. Ushbu korxonalar aholi daromadlarini oshirish bilan ularning bandligini 
ta’minlashda, ichki iste’mol bozorini zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishda, 
iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim rol o’ynamoqdalar. Shularni hisobga olib 
kichik va o’rta biznesning ustuvor yo’nalishlari bo’lgan korxonalar sonini oshirish, 
iqtisodiy raqobatni ta’minlash, bu sohaga investitsion resurslarni jalb qilish, turli xil 
mahsulotlar ishlab chiqarish respublikamiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ularning 
ulushini oshirish kabi ko’rsatkichlarni bashorat qilishning ekonometrik modellari 
ishlab chiqilgan. 
Ushbu modellar asosida respublikada kichik va o’rta biznes rivojlanish 
istiqbollari bashorati natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin