128
darajasida emas. Buning uchun bizning fikrimizcha, davlat tomonidan olib
borilayotgan tadbirkorlik muhitini faollashtirish bilan birga kichik va o’rta
korxonalar faoliyatining bozor sharoitiga moslashuvini tezlashtirish hamda
respublikada makroiqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kichik va o’rta biznes
rivojlanishining ustivor yo’nalishlari o’zgarishini bashoratlarini amalga oshirish
lozim.
Bozor iqtisodiyoti xo’jalik faoliyatining asosiy sub’ektlari bo’lib uy
xo’jaliklari, biznes tashkilotlari va davlat hisoblanadi. Uy xo’jaliklari biznes
tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarni iste’mol
qiladi. O’z navbatida davlat institutlari va biznes tashkilotlari, oila a’zolarining
tadbirkorlik faoliyatini ta’minlovchi tuzilmaviy tashkilotlar hisoblanadi. Aynan ana
shu faoliyat natijasida biznes egalari- uy xo’jaliklari daromad oladilar. Biznes
korxonalarining faoliyat ko’rsatish mexanizmiga davlat va uning tashkilotlari turli
xil usullar bilan ta’sir ko’rsatib turadi. Ular qatoriga imtiyozli soliqlar, huquqiy
kafolatlar, resurslar bozoriga kirishni osonlashtirish, marketing, axborotlar
xizmatlarini ko’rsatish, mahsulotlarni to’siqlarsiz bozorlarga chiqarish, imtiyozli
kreditlar olish va boshqalar kiradi. Shular bilan birga kichik korxonalarni
rag’batlantiruvchi asosiy mexanizm talab va taklif hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan,
taklif va talab muvozanatini tahlil qilish, korxonalarning faoliyat ko’rsatish
mexanizmini aniqroq tasvirlab beradi.
Dostları ilə paylaş: