121
XVII-MAVZU. MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI
TA’MINLASHDA BIZNESNING O’RNI
17.1. Makroiqtisodiy barqarorlik
17.2. Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o’rni
17.3. Biznes mahalliy resurslarni chuqur qayta ishlash choralari
17.1. Makroiqtisodiy barqarorlik
Respublikada iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda islohotlarni chuqurlashtirish,
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot hamda uning etakchi tarmoq va
sektorlarida 2001 yili muntazam o’sish tendentsiyasi kuzatildi. YAlpi ichki mahsulot
hajmi 1991 yil darajasiga nisbatan 103 foizni tashkil etdi va 4868,4 mlrd. so’mga
etdi. YAlpi ichki mahsulotning o’sishi sanoat mahsuloti (108,1 foiz), qishloq xo’jalik
ishlab chiqarish (104,5 foiz), qurilish ishlari (103,3 foiz), ichki savdo hajmining
(109,5 foiz) va tashqi savdo hajmi (103,1 foiz) yanada ortishi hisobidan ta’minlandi.
Respublika tashqi savdo balansi ijobiy shakllandi, eksport importdan 128
mln. AQSh dollariga ortdi.
Respublikada o’tkazilgan moliyaviy va pul-kredit
siyosati natijasida
makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlandi, iqtisodiyotning umuman davlat miqyosida,
shuningdek, mintaqalar va tarmoqlar miqyosida moliyaviy mutanosibligi
mustahkamlandi, xo’jalik ish yurituvchi sub’ektlarda to’lov intizomi sezilarli
darajada mustahkamlandi. Investitsiya dasturi doirasida respublika iqtisodiyotda
tarkibiy qayta tuzishlarni yanada chuqurlashtirish hamda investitsiyalarni, shu
jumladan chet el investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etish
siyosati izchillik bilan
amalga oshirildi. Masalan, mablag’ bilan ta’minlanishning barcha manbalari asosiy
kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (1194,2 mlrd. so’m) 2000 yilga nisbatan 3,7
foizga ortdi, bu esa, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. 2001
yilda kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashda ma’lum qismi chet el
investitsiyalari va kreditlari hisobiga ortdi. Ularning ulushi 2000 yilga nisbatan 7,6
foizga ortdi va asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 29,3 foizini tashkil
etdi. Kapital qo’yilmalar tarkibida, shuningdek, korxonalarning o’z mablag’lari
ulushi 1,1 foizga ortib, 27,5 foizni tashkil etdi.
Jalb qilingan investitsiyalarning ancha qismi ishlab chiqarish ob’ektlarini
qurish, kengaytirish, qayta qurish va qayta jihozlashga yo’naltirildi. Ularning hajmi
744,6 mlrd. so’mni yoki o’zlashtirilgan jami investitsiyalarning 62,4 foizini tashkil
etdi.
Masalan 2001 yilda energiya ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirish,
neft-gaz majmui, ko’mir, metallurgiya, kimyo, paxtani qayta ishlash, engil sanoat,
ipak, charm-poyabzal, mebel va iqtisodiyotning boshqa etakchi tarmoqlari
korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash
dasturlari izchil amalga
oshirildi va texnik ishlab chiqarish hajmi 2884,5 mlrd so’mni tshkil qildi va 2000
yilga nisbatan foiz hisobida 108,1 tashkil etdi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
122
Bunda temir yo’l va avtomobil transporti komunikatsiyalarining
modernizatsiyasi va yangi qurilishlari faol olib borildi va kichik va o’rta biznes faol
ishtirok etdi.
Eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish
maqsadida o’tgan yili 200 dan ortiq qo’shma korxona, shu jumladan, respublikaning
barcha mintaqalarida chet ellik sheriklar bilan qo’shma korxonalar tashkil etish
dasturini amalga oshirish doirasida 90 ta qo’shma korxona barpo etildi. Chet el
investitsiyasi kiritilgan korxonalar mahsulot va xizmat hajmi 2001 yilda 2000 yilga
nisbatan foiz hisobida respublikada 158,2 ga oshgan bo’lsa, Andijon viloyatida 2,1
marta, Buxoro viloyatida 5,1 marta oshdi.
Respublikada chet el investitsiyalari kiritilgan 2001 yilning 1 yanvar
holatiga 33001 ta korxona ro’yxatga olindi. Ko’plab qo’shma
korxonalar AQSh,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya,
Х
itoy, Turkiya, Rossiya, Ukraina va boshqa
mamlakatlar investorlari ishtirokida barpo etildi. Respublikaga kiritilgan chet el
investitsiyalarini 23,4 % Qashqadaryo viloyatida va 30,3% Toshkent shahrida
o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlar hajmi 349,7 mlrd
so’mni tashkil etdi.
Kichik va o’rta
biznesning qonunchilik, me’yoriy-huquqiy negizini
mustahkamlash, «bir yo’la» kichik va o’rta biznes sub’ektlar ro’yxatga olingan
kichik, o’rta korxona, mikrofirmalar soni 201,9 mingtaga etdi va xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar sonidan 90,5 foizni tashkil etdi.
Makroiqtisodiyotning kichik sektorining mahsulot ishlab chiqarishi, ishlar
bajarilishi va xizmat ko’rsatishi 2001 yilda yuqori sur’atlar bilan o’sdi. Kichik va
o’rta tadbirkorlikning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari(dexqon xo’jaliklarisiz)
tomonidan yalpi ichki mahsulotning 24,4 foizi ishlab chiqarildi. Kichik va o’rta
biznes, xususiy tadbirkorlikni jadallashtirilgan rejalanishning davlat dasturini amalda
bajarish natijasida mazkur sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilga
nisbatan 2,8 foizga ortdi. Aholini ish bilan taminlashda kichik va o’rta biznes muhim
omil bo’lmoqda. 2001 yilda iqtisodiyotning bu sektorida 4842,5 ming kishi band
bo’lgan yoki iqtisodiyotda barcha band bo’lgan aholining 53 foizini tashkil etdi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish bo’yicha chora-tadbirlar izchil o’tkazildi. O’tgan yilda
respublikamizda jami 1449 ta korxonalar xususiylashtirilib, ular negizida 775 ta
xususiy korxona, 240 ta ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari va 674 ta turli tashkiliy-
huquqiy shakldagi nodavlat korxonalari tuzildi.
Х
ususiylashtirish natijasida davlat
byudjetiga tushgan pul mablag’lari hajmi 23,2 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Makroiqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar natijasida 2002 yil 1 yanvar
holatiga nodavlat sektorda mamlakat barcha korxona va tashkilotlarning 87,1 foizi
faoliyat ko’rsatdi. O’tgan yilda nodavlat sektorida yalpi
ichki mahsulot hajmining
74,1 foizi, sanoat mahsulotlarining 70,8 foizi ishlab chiqarildi, qishloq xo’jalik
mahsulotining 99 foizi etishtirildi, qurilish ishlarining 83,9 foizi bajarildi. Chakana
tovar aylanmasining 97,1 foizi, aholiga pullik xizmat ko’rsatishning 59,4 foizi
nodavlat sektorda shakllandi. Jami iqtisodiyot sohasida band bo’lganlarning 76 foizi
nodavlat sektoriga to’g’ri keldi va makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com