116
Foydani maksimumlashtirish uchun nimani ishlab chiqarish eng yuqori
rentabellik bersa, firma shu ishga qo’l uradi. Shu bois ayrim mahsulot turining
rentabelligi aniqlanadi. Bunga muayyan mahsulotni sotishdan kelgan foyda uni
ishlab chiqarish xarajati bilan solishtiriladi. Masalan, tikuvchilik firmasi foydani
maksimumlashtirish uchun engi uzun va engi kalta chit ko’ylak, engi kalta trikotaj
ko’ylakdan qaysi birini ko’proq chiqarsh uchun ularning rentabelligini aniqlashi
kerak. Agar birinchisi 12 foiz, ikkinchisi 14 foiz, uchinchisi 20 foiz rentabellik bersa,
albatta firma uchinchi ko’ylakni tikishni ma’qul ko’radi yoki ikkinchi ko’ylakni ham
qo’shib tikadi.
Rentabellik qaerda pul ko’p
foyda keltirsa, uning shu erga qo’yilishini
bildiradi. Ammo pul egasi oz bo’lsa-da, kafolatlangan Daromad topmoqchi bo’lsa,
pulini rentabelliga past, ammo bexavotir foyda beruvchi sohaga yoki ko’p daromad
topmoqchi bo’lsa, rentabellik yuqori bo’lgan, lekin xatarli sohaga qo’yishi mumkin.
Tadbirkorlik uchun foydaniig mutlaq miqdori — hissasi ham muhim. Foyda
massasi rentabellik darajasiga, qo’yilgan pul (kapital) miqdoriga va kapitalning
aylanishiga bog’liq. Agar rentabellik qanchalik yuqori bo’lsa va qo’yilgan pul
qanchalik ko’p bo’lsa foyda massasi shunchalik ko’p bo’ladi. Foyda massasi bir so’m
pul keltirgan foyda bilan qo’yilgan jami pul miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Ammo
shu bir so’m pul keltiradigan foyda kapitalning aylanish tezligiga ham bog’liq.
Kapital aylanish qanchalik tez bo’lsa, rentabellik o’zgarmagan taqdirda ham olingan
foyda
miqdori ko’p bo’ladi. Masalan, bir sohaga qo’yilgan 100 million so’mlik
kapital yiliga 4 marta aylanadi, har aylanishda 5 million so’mdan foyda keltiradi.
Demak, foyda massasi yiliga 20 mnllion so’m (5.4) bo’ladi. Ikkinchi sohaga
qo’yilgan kapital ham ,100, million so’m, har oborotida u ham 5 million so’mlik
foyda keltiradi. Ammo u yiliga 6 marta oborot qilib, jami 30 million so’m (5.6) foyda
beradi. Demak, ikkinchi sohada foyda massasi ko’proq (30>20).
Agar rentabellik firma pulining naqadar samarali ishlatilishini ko’rsatsa, foyda
massasi uning iqtisodiy qudratini ifodalaydi.
Foyda uni topishda kim qanday hissa qushganiga qarab taqsimlanib,
o’zlashtiriladi. Bu ishda pul egalari o’z kapitali, ishchilar mehnati, tadbirkorlar
ishbilarmonligi bilan qatnashadilar. Shu sababdan ular foydani bo’lib oladilar.
Firmaning iqtisodiy ahvoliga qarab uning reytingi unga beriladigan baho
aniqlanadi. Reyting mazkur firma bnlan aloqa qiladiganlar uchun muhim axborot
xizmatiii o’taydi. Odatda reyting ko’rsatkichlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
hisobotlarning ishonchli bo’lishi, rentabellik, kapital miqdori va uning aylanish
tezligi, to’lov qobiliyati, raqobatbardoshlik, foydaning o’sishi va uning
taqsimlanishi, tovarlarning sotilish hajmi, soliqlarni to’lay bilish, qarzdorlik,
dividend olish, investitsiya qobiliyati va, nihoyat, bankrot bo’lish ehtimoli.
Dostları ilə paylaş: