Qisqacha xulosalar
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo’lib,
biznes nomini olgan.
Bozor iqtisodiyotida biznes va tadbirkorlik mamlakatlari bozor talabini
beligilaydi.
Tadbirkorlar mulkiy munosabatning sub’ekti, ya’ni ishtirokchisi bo’ladilar.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Tadbirkorlik va biznes o’rtasida farq bormi?
2.
Tadbirkorlik qanday tamoyillarga asoslanadi?
3.Mulkchilik nima va uning turlari?
Asosiy adabiyotlar
1.
I. A. Karimov «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va isloxatlarni
chuqurlashtirish eng muhim vazifa «
Х
alq so’zi» 24 yanvar 2000yil.
2.
Maxmudov E.
Х
. Biznes-planirovanie: Uchebnoe posobie G’E.
Х
.
Maxmudov, M.Yu. Isakov. - T.: TDIU, 2004.-160 c. 5 ekz.
3.
Бизнес
-
планирование
:
Учебник
/
Под
ред
.
В
.
М
.
Попова
,
С
.
И
.
Ляпунова
.
-
М
.:
Финансы
и
статистика
, 2003.-672c. 1
экз
.
4.
Maxmudov E.
Х
. Korxona iqtisodiyoti: O’quv qo’llanma. - T.: TDIU,
2004.-208 c. 1 ekz.
5.
Bozor
iqtisodiyoti
va
biznes
asoslari:
O’quv
qo’llanma
/A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz.
6.
Круглова
Н
.
Ю
.
Основы
бизнеса
.
учебник
для
вузов
Издательство
:
РДЛ
, 2005.
7.
Кузнецов
А
.
Основы
рыночной
экономики
.
Терминологический
словарь
.
Издательство
:
Владос
, 2004.
8.
Куторжевский
Г
.
А
.
Экономика
.
Основы
теории
.
Учебное
пособие
,
Издательство
:
Экономика
, 2004..
Internet veb-saytlari
1.
http:\\www.cer.uz
–
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi”
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil
iqtisodiy mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi.
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot” kafedrasi sayti
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
105
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
106
XV-MAVZU. BIZNES ASOSLARI
15.1. Firmalarning shakllari
15.2. Biznesda sof xarajatlarning turlari
15.3. Me’yoriy xarajatlar
15.1. Firmalarning shakllari
Tadbirkorlik mavhum narsa bo’lmay, firmalar faoliyatida ifoda etiladi. Firma
bozor uchun ishlovchi korxona. Korxona qaysi mulkka taalluqli bo’lmasin firma,
zavod, fabrika nomlari bilan yuritiladi. Dehon xo’jaligi bundan istisno, u fermer
xo’jaligi deb ataladi. Qishloq xo’jaligida shirkat firmalar ham faoliyat ko’rsatadi.
Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko’rsatishga
ixtisoslashadi, bozorga qarab ish yuritadi, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida firmalarning mustaqilligi bir qadar
cheklangan bo’ladi. Firmalar va xo’jaliklar, birinchidan, erkin bozor uchun ishlasalar,
ikkinchidan, davlat buyurtmasiga binoan ishlaydilar, tovarni davlatga xarid narxiga
ko’ra sotadilar. Shu jihatdan ular yarim mustaqil bo’ladilar.
O’zining faoliyat miqyosiga qarab firmalar kichik, o’rta va yirik korxonalarga
bo’linadi. O’zbekistonda ishlovchilar soni sanoat va qurilishda 50 kishigacha,
boshqa ishlab-chiqarishda —25 kishigacha, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish
sohasida—10 kishigacha, chakana savdoda — 5 kishigacha bo’lgan korxonalar
kichik korxonalar hisoblanadi.
Korxonalar o’z navbatida kichik, o’rta va yirik biznesni tashkil etadi. Kichik va
o’rta biznes sharoitga tez moslashadi, uning uchun pul topish oson, muhimi unda
iqtisodiy xatar kamroq bo’ladi. Firmalarning turlari ko’p,ulardan asosiylarnni ko’rib
chiqamiz.
Х
ususiy firma ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona bo’lib, yakka
xususiy mulk hisoblanadi. Bunday korxonalar asosan kichik biznes doirasida ish
yuritadilar.
Х
ususiy firma egasi yakka sohib, uning ustidan hech kim xo’jayinlik qila
olmaydi, topishgan foydani o’zi oladi, ya’ni uni boshqalar bilan baham ko’rmaydi,
zararni ham faqat o’zi ko’taradi. Bunday firmada xatar faqat bir kishi — sohib
zimmasiga tushadi. Agar u o’z mulkini garovga quyib qarz olsa va uni to’lay olmasa
mulkidan mahrum bo’ladi. Bunday firma soliq, qarz, ish xaqini to’lay olmasa, uning
egasi uni qo’lga ilinadigan asbob-anjomlarini sotib bo’lsa ham o’z majburiyatidagi
pulni to’lashga majbur etiladi.
Х
ususiy firmalar tez yopilib va ochilib turadi.
Shirkat-firmalari. Tadbirkorlikda javobgarlikni kamaytirish uchun shirkat shaklidagi
firmalar tuziladi.
Shirkat bir necha sohiblarning mulkini birlashtirish va talbirkorlikda olingan
foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik firmasidir.
Shirkat, birinchidan, kichik miqdordagi pullarni jamlab katta pul yig’ish va uni
tadbirkorlikka qo’yish imkonini beradi; ikkinchidan, tadbirkorlik javobgarligini
ko’pchilik zimmasiga yuklab, har bir tadbirkor uchun xatarni kamaytiradi;
uchinchidan, ko’pchilikka, hatto, puli ozlarning ham tadbirkorlik bilan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
107
shug’ullanishga imkon beradi, ya’ni u kapitalni demokratiyalashtiradi. Shu
afzalliklar tufayli shirkatlar hozir keng tarqalgan. Shirkat firmalar ikki xil bo’ladi:
a) Mas’uliyati cheklanmagan firma. Uning mulki sherikchilik asosida yuzaga
keladi.
Sheriklarning
dastlabki
mulki
firmaning
ustav
kapitali
deyiladi. Bu mulkka har bir sherik o’z hissasini qo’shadi. Ammo hissadorlar to’la
huquqli va huquqi cheklangan sheriklarga bo’linadi. To’la huquqli sheriklar
firmaning
ham
javobgarligini,
foydasiyu
zararini
ham
baham
ko’radilar, ular ustav fondiga qancha pul qo’ysa, hissasiga qarab foyda oladilar.
Agar
Islomov
firma
ustav
kapitalining
15
foizga
bergan
bo’lsa,
u foydaning 15 foizini oladi. Agar Ollayorov 10 foiz qo’ygan bo’lsa, foydaning
ham
10
foizini
oladi.
Bordiyu
firma
sinsa, 1 sheriklar zararni
hamji hatlikda ko’taradilar, ya’ni bir sherik boshqasiniig javobgarligini ham
zimmasiga oladi. Agar 5 kishi sherik bo’lsayu, ulardan 2 tasi firma
zararini to’lashga qodir bo’lmasa, qolgan 3 sherik ular zimmasidagi zararni ham
o’zinikiga qo’shib ko’taradi. Bu erda «kemaga tushganlarning joni bir»
degan qoidaga amal qilinadi.
b) Mas’uliyati cheklangan firma. Uning kapitali sheriklarning ustav fondiga
qo’ygan
pay»
(hissasi)
hisobidan
shakllanadi.
Shunday
firmalar
nomiga «limited» degan so’z qo’shiladi, bu iiglizcha “cheklangan” degan ma’noni
bildiradn. Masalan, “Ko’ksuv LTD” degan firma bo’lsa, darhol uning
majburiyati cheklanganliini tushunish kerak. Bunday firma bilan munosabatda
bo’lganda firmaning faoliyatida ishkallik yuz bersa, undan faqat ustav kapitaliga
teng pulni undirish mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Uning to’lov
majburiyatidagi bundan ortiqcha bo’lgan qarzni hech qanday yo’l bilan undirib
bo’lmaydi. Masuliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli
hissadorlik jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Jamiyat jamlagan kapitalga qarab
maxsus qimmatli qog’oz — aktsiya chiqaradi. Aktsiyani sotib olganlar hissadorlarga
aylanadilar va foydadan o’z hissasi — dividendni olib turadilar. Yopiq jamiyat
aktsiyalari faqat ma’lum guruh kishilari, masalan, korxona ishchi-
xizmatchilari o’rtasida, ochiq jamiyag aktsiyalari esa barcha xohlovchilarga sotiladi.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida davlat korxonalari
yopiq aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Islohotlarniig ikkinchi bosqichida
ochiq aktsiyadorlik jamiyatlari tuzishga usgivorlik berildi. Masalan, qishloq
xo’jaligida jamoa xo’jaliklari yopiq jamiyatlar — paychilar xo’jaligi shakliga o’tkazila
boshladi. 1996 yil g’ yanvarga kelib O’zbekistondagi hissadorlik jamiyatlari soni 5500 ga
etdi (1995 yil 1 yanvarda esa 2255);
Davlat korxonalari — davlat mulki bo’lgan va uning nazorati ostida ishlovchi
korxonalar. Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo’lib, ishlab
chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalarni
bajaradi (mudofaa, aloqa, eiergetika, transport va boshqalar).1996 yil boshida
O’zbekistonda 16000 ta davlat korxonasi bor edi.
Aralash firmalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag’lariga
tayanadi. Qo’shma firmalar (korxonalar) ham shunday firmalar qatoriga kiradi.
Aralash firmalarning milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalari kengroq
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
108
tarqalgan. Ularning kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi
shunga qarab taqsimlanadi. 2001 yil boshida O’zbekistonda xorij kapitali ishtirokida
tuzilgan 3301 ta qo’shma korxona bor edi. Bundan tashqari 1958 ta aralash mulkka
asoslangan milliy korxonalar ham faoliyat ko’rsatdi.
Konsortsium korxonalarining maxsus tashknl etilgan birlashmasi. Uning
ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qolgan holda muayyan maqsad yo’lida
birlashadilar. Odatda konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat,
banklar, moliya investitsiya kompaniyalari, yirik firmalar, har xil pul fondi
tashkilotlari uyushadi, U katta mablag’ talab qiladigan ishlarni bajaradi.
Konsortsium odatda xolding kompaniya shaklida tuziladi.
Х
oldinglar sanoat-moliya
guruhi hisoblanadn. Ular tarkibida bosh — ona korxona va har xil shuba korxonalar
ma’lum maqsad yo’lida hamjihatlik bilan ishlaydilar.
Kontsern korxonalarning ishlab chiqarish, investitsiya, moliya, texnika,
tashqi
iqtisodiy aloqalar sohasida birgalikda ish yuritishni ko’zlaydigan uyushma. Kontsern
bir tarmoqlararo (konglomerat) birlashmalar shaklida tashkil etiladi.
Firmalar shaxobchasi (filiali) yirik firmalarning tarkibiy qismi bo’lib, turli
joylarda ish yuritadi. Mazkur korxona mustaqil bo’lmay, bosh firmaning bir qismi
hisoblanadi.
Mulkiy maqomidan qat’iy nazar firmaning korporativ guruhpy manfati mavjud.
Firma ishlab chiqaruvchilar jamoasi. Bu jamoa a’zolarini birlashtiruvchi kuch ularning
umumiy — foyda olishidan iborat Bu manfaat korxona meyorida ishlagandagina
yuzaga chiqadi. Korxona jamoasi maqomi jihatidan uch toifaga bo’linadigan
kishilardan tashkil topadi: 1) korxona egalari; 2) menedjyerlar (boshqaruvchilar); 3)
yollanib ishlovchilar.
Korxona egalari — bu mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar, yaratilgan
tavarlar va pul mablag’lari ularga tegishli. Ammo korxona maqomiga qarab
mulkdorlar tarkibi turlicha bo’lishi mumkii. Mulkdorlarga korxona egasi -
tadbirkorlardan tashqari ularning sheriklari bo’lmish menedjyerlar qisman oddiy
ishchi-xizmatchilar ham kiradi. Ular korxona ishida nafaqat kapitali — mablag’i, balki
mehnati va tadbirkorlnk iste’dodi, boshqarish mahorati bilan ham qatnashadilar.
Firma mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi sifatida u yoki bu sohaga
ixtisoslashadi. Masalan, bir firma kiyim tiksa, boshqasi oziq-ovqat ishlab chiqaradi,
yana boshqasi qurilish yoki yuk tashish bilan shug’ullanadi.
Ixtisoslashuv tovarlarni sifatli chiqarish va arzonga tushirish shartidir. Shu
sababli
unversal,
ya’ni
hamma
ish
bilan
shug’ullanuvchi
firmalar bo’lmaydi, ular bir yoki bir necha tovarlar ishlab chiqarish sohasida
ixtisoslashadi. Toshkentdagi “Qizil tong” firmasi ayollar paltosi va plashini,
Chirchiqdagi «Guncha» firmasi bolalar kiyimini, Ko’qondagi Oxunboboev nomli
firma
erkaklar
ko’ylaginn
tikishga
ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvniig ikki afzal tomoni bor: birnnchidan mehnat unumdorligini
oshiradi, xarajatlarni pasaytirib, foydani oshirish imkonini beradi. Ikkinchidan, sifatli
tovar chiqarishni, binobarin. tovarning bozorda yaxshi sotilishini ta’minlaydi. Shu
sababli chuqur ixtisoslashuv yuz beradi, firmalar faqat ayrim tovarlarnigina emas,
balki mayda-chuyda butlovchi qismlarni ham ishlab chiqaradilar.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|