Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Biznes va tadbirkorlik tamoyillari



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

14.2. Biznes va tadbirkorlik tamoyillari 
 
Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari bor

1-Mulk sohibi bo’lish. Tadbirkorlar 
resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo’lishi kerak. Ular o’z mulkiga tayanib yoki 
o’zga mulkini ijaraga olib ishlaydi. 
2.Foyda olishga intilish. Tadbirkorning boyishdan iborat iqtisodiy maifaati 
bo’lib, unga foyda olish orqali erishiladi.
3)Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday 
3
O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respudlikasida tadbirkorlik to’g’risida» qonunidan
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


102 
texnologiyada ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha 
pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o’ziga sherik topishni, xullas, har 
qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o’z bilganicha amalga oshiradi. 
4. Iqtisodiy mas’uliyat. Tadbirkor mas’uliyatni o’z zimmasiga olib,ko’rgan 
foyda-zarariga o’zi javob beradi. 
5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo 
ostidan» degan qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib 
qolishdan qo’rqmaydi. 
6.
qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa’y-harakatlarining o’z 
qoidalari bor, ularga itoat qilish ham farz ham qarz hisoblanadi. 
7.
Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim 
o’zadi» qoidasiga ko’ra bellashuvi shart. 
8.
Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor 
topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi. 
9.
Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yul bilan pul topishga 
asoslanish zarur. Qalloblik, g’irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, 
Muhammad a.s. odamlarga “halol yo’l bilan nafaqa topinglar” deb marhamat 
qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo’lgan. 
O’zbekiston qonunlariga ko’ra tovar ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning 
tovar sifatiga bo’lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu 
qonunlar ijrosini nazorat qiladi. 
«Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish 
chog’idagi huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya 
qilinishini kafolatlaydi».
4
10.Nufuz (imij)ga ega bo’lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro’-
etiborli bo’lishni bildiradi. Tadbirkor o’z sha’nini avaylashi, firma 
nomini e’zozlab, unga dog’ tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart. 
11.
Tadbirkorlikda o’z-o’zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga 
aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko’maklashadi, qonunlar 
orqali 
tadbirkorlik 
uchun 
sharoit 
yaratadi. 
Masalan, 
O’zbekiston 
Respublikasining qonunlariga ko’ra davlat tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlaydi, 
tadbirkorlar mulkinipg daxlsizligiii ta’minlaydi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin