Faktura (facture) –
alohida savdo amaliyotlari bo’yicha hisob-kitoblar qilish
uchun standart blank ko’rinishidagi to’lov hujjati.
Forfetlash (forfaiting) -
qarz majburiyatlarini hisobga oluvchi, ish
amaliyotlarini moliyalash.
Franshiza (franchise)
– sug’urtachi qoplamaydigan yuk narxining ma’lum
foizi miqdordagi zarar; soliqdan ozod etish; imtiyoz.
Fronting (fronting) –
bunday amaliyot jarayonida kompaniya sug’urta polisini
rasmiylashtiradi, biroq moliya tavakkalini boshqa sug’urtachiga yuklaydi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
144
Fyuchers (futures) –
1) ish bitimini amalga oshirish jarayonida uning shartlari
o’zgarishini ko’zda tutuvchi moliyaviy amaliyotlar; 2) moliyaviy dastaklar yoxud
mahsulotarni tovar birjalarida sotib olish yoki sotish bo’yicha kelishuv. Bunda ularni
kelajakda etkazib berish shart qilib qo’yiladi.
Х
ej (hedge)
– 1) narxlarning extimolli tushishidan sug’urtalash uchun
tuziladigan muddatli birja kelishuvi; 2) muddatli mahsulot bozorlaridagi moliyaviy
amaliyot bo’lb, u odatdagi bozorda tuzilgan bayga qiymatiy hajmiga ko’ra teng
hamda o’z xususiyatiga ko’ra ziddir.
TSedent (cedant) –
o’z qarz talab qilish huquqini boshqa shaxsga o’tkazuvchi
kreditor.
Chek (cheque) –
bankka yuboriladigan yozma farmoyish bo’lib, unga ko’ra, u
erdagi mavjud jamg’armalar hisobiga ko’rsatilgan pul summasini to’lash lozim.
O’zgaruvchan almashuv kursi (flexible exchange rate)
– ichki muvozonatini
tiklash maqsadida mamlakat almashuv kursiga ega bo’ladigan xalqaro hisob-kitoblar
tizimi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
|