Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

6.3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari 
 
Bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyot- 
tushuniladi. Albatta bu iqtisodiyot uzoq taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Tovar-
pul munosabatlari asrlar davomida sekin-asta rivojlangan, turli shakllarga kirgan 
(masalan, kapitalistik) va nihoyat 20 asrning 2-yarmidan boshlab hozirgi bozor 
iqtisodiyoti shakllandi. Uning asl namunasini hozirgi iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda ko’rish mumkin. Tarixan qaraganda bozor iqtisodiyotining ikki turi 
bor. Birinchisi — asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotining asl 
namunasi 18 va 19 asrlarda bo’lgan. Uning ba’zi alomatlari hozir ham uchrab turadi. 
Uning quyidagi asosiylarini sanab o’tamiz: 
1) YAkka egalikdagi xususiy mulkning hukmron bo’lishi, mulkning 
ozchilik qo’lida to’planishi, - boy va kambag’allikka keng yo’l ochilishi. 
2) Iqtisodiyotning stixiyali o’sishi, ya’ni iqtisodiy beboshlik 
tartibsizlik bo’lishi, - oqibatda inqirozga uchrash. 
3)
Noma’lum bozor uchun ko’r-ko’rona ravishda tovar ishlab chiqarish - 
tovarning sotilish yoki sotilmasligining noma’lumligi 
4)
Raqobat kurashining qonun-qoidasiz - terror, zo’ravonlik, qalloblik kabi 
g’ayriinsoniy usullar bilan borishi. 
5)Tadbirkorlar o’rtasidagi sherikchilik aloqalarining tasodifiy bo’lishi. 
6)Davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, undan chetlashib qolishi. 
7)Tartibsizlik natijasida kuchli iqtisodiy tangliklar va bo’hronlarning kelib 
chiqishi, iqtisodiy talofatlarning yuz berishi. 
8) Kishilarning o’ta
 
boy va o’ta kambag’allarga ajralib ular o’rtasidagi sinfiy 
kurashning mavjudligi, ijtimoiy muvozanat yo’qligi. 
Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz 
oqadi, uning o’zanlari tez o’zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to’g’onlar, 
suv omborlari bo’lmaydi. Bunday daryo nafaqat obi-hayot, balki toshqinlar
qirg’oqlarni yuvib ketish bilan talofat ham keltiradi. Masalan Jayxun (amudaryo) 
eski To’rtko’l shahrini yo’q qilishi. 
Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadul-abad saqlanmaydi. U madaniylashgan bozor 
iqtisodiyotiga aylanib borishga majbur. Madaniylashgan bozor iqtisodiyotining ham 
o’ziga xos belgilari bor: 
1) Asosiy bo’lgan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk yo’llari xam 
mavjud bo’ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi. 
2)Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


45 
3) Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabiga moslashadi, 
bozordagi noma’lumlik ahyon-ahyon uchrab turadi. 
4)
Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan halol kechadi, uning 
madaniy usullari qo’llaniladi. 
5)
Iqtisodiyot sub’ektlari (ishtirokchilari) o’rtasida doimiy va uzoq davrga
mo’ljallangan, o’zaro manfaatli sherikchilik aloqalari o’rnatiladi. 
6)Davlat, iqtisodiy hayotga aralashadi, o’z chora-tadbirlari bilan iqtisodiy 
tamoyillarning amal qilishi uchun sharoitlar hozirlaydi. 
7)
Iqtisodiyot tartiblanib turishidan chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi, 
iqtisodiy tanglikdan tezda chiqiladi. 
8)
Iqtisodiyot yuksak bo’lishidan jamiyat boy bo’ladi, shu sababdan 
tadbirkorlik faqat foyda topish uchun emas, balki el og’zi tushish, obro’-e’tiborli 
bo’lish uchun ham olib boriladi. 
9)
Iqtisodiyot ijtimoiy (sotsial) yo’naltirilgan,ommaning farovonligini 
ta’minlashdek aniq mo’ljalga ega bo’ladi. 
10)
Kishilarning iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi chegaralash; o’ziga to’q,
o’rtahol 
aholi 
asosiy 
ijtimoiy 
qatlamga 
aylanadi. 
Shu 
boisdan 
jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o’rtasida to’qnashuvlarga o’rin 
qolmaydi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o’tish deganda madaniylashgan iqtisodiyot 
sari borish tushuniladi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin