Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


yerlar. Bu yerlar odamlarga biron bir xizmati uchun xususiy mulk qilib berilgan.  3.Ushr yerlar



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

yerlar. Bu yerlar odamlarga biron bir xizmati uchun xususiy mulk qilib berilgan. 
3.Ushr yerlar. Sayyid va xo’jalarga mansub yerlar. 4. Vaqf yerlar. 5.Sipohilar va 
ularning rahbarlariga berilgan yerlar.
Saltanat xazinasini to’ldirish xarajatlari asosan soliqlar hisobiga amalga 
oshirilar edi. Amir Temur davlatining o’ziga xos soliqlar belgilash va uni yig’ish 
qoidalari bo’lib, bu haqda sohibqiron shunday degan edi.- Soliq yig’ishda xalqni 
og’ir ahvolga solishdan yoki o’lkani qashshoqlikka tushirib qo’yishdan ehtiyot 
bo’lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining 
kambag’allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi sipohning tarqalib 
ketishiga sabab bo’ladi, bu esa o’z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib 
boradi. 
Biror o’lka menga taslim bo’lganida bu o’lkaning xalqi soliq yig’ish 
tartiblarining saqlab qolinishini istasa, ularning xohishiga rozi bo’lardim, aks holda 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


14 
soliqlar men joriy qilgan qoida asosida yig’ilardi»
1
. Bu qoidaga asosan, soliqlar 
erning mahsuldorligiga va olingan hosilga qarab belgilanar edi.
Masalan, doim, uzluksiz ravishda kanal, buloq va daryo suvi bilan sug’orilgan 
ekin yerlaridan olingan hosildan ikki hissasi er egasiga qoldirib va bir hissasi saltanat 
xazinasiga soliq tariqasida olinar edi. Bordiyu raiyat bu qoidaga rozi bo’lmasa, u 
holda hisobga olingan ekin yerlarini birinchi, ikkinchi va uchinchi jarib (ya’ni 1 
gektarga) qilib, uchga ajratib, birinchi jaribdan olingan hosilning 3 harvori (1 harvor- 
300 kg.yaqin), ikkinchi jaribdan olingan hosilning 2 harvori, 3-chi jaribdan olingan 
hosilning 1 harvori, ya’ni 1 gektar eri bor kishi 900 kg, 2 gektar eri bor kishi 1500 kg 
va 3 gektar eri bor kishi 1800 kg soliq to’lagan va hokazo. 
Ammo xalqdan olingan soliqlarni har xil bahonalar bilan ko’paytirishga yo’l 
qo’yilmagan. Kuzgi, bahorgi, qishki va yozgi dexqonchilikdan, lalmikor yerlardan 
olingan hosilning uchdan va to’rtdan bir qismi soliq tariqasida olingan. 
Fuqarolar olinadigan jon solig’i, kasb-hunardan, o’tloq va suvloqdan 
olinadigan soliqlar qadimdan o’rnatilgan qoidalar bo’yicha olingan. Soliq hosil 
pishib etilgandan keyin olingan. Soliq yig’ishda zo’ravonlik, kaltaklash, bandi qilish, 
xaqoratlash man etilgan. 
Kimki, biron sahroni obod qilsa, yoki er osti suvini olish uchun inshoat qursa, 
to’g’onlar qurib bog’ ko’kartirsa yoxud xarob bo’lib yotgan yerlarni obod qilsa 
birinchi yili soliqdan ozod qilingan, ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bo’yicha soliq 
to’laganlar. Amir Temur harbiy yurishlardan zafar bilan qaytib kelganda fuqarolarni 
uch yilgacha soliqdan ozod qilgan. 
Tashlandiq, xarob yerlarni obod qilish uchun turli asbob va kerakli narsalar 
berilgan. Bu yerlarni obod qilish uchun, suv inshoatlari, qo’rg’onlar qurish uchun
ariqlar qazish ko’priklar qurish, ot-ulov, omoch-ho’kizlar sotib olish uchun 
xazinadan pul berilgan. 
«Saltanatni adolatli boshqarish maqsadida ushbu tadbirlarni ma’qul ko’rdim».-
deb yozadi Amir Temur. 
«Menga bo’ysungan yangi davlatlarda hurmatga loyiq odamlarga hurmat 
ko’rsatdim. Men payg’ambar avlodlariga, qonun targ’ibotchilariga, olimlar va 
keksalarga buyuk hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’ldim; ularga nafaqa 
belgiladim; etim - esirlar, kambag’al-qashshoqlarga g’amxo’rlik qildim; yaxshilarga, 
ular qaysi millatdan bo’lishiga qaramasdan, ularga yaxshilik qildim, g’arazli kishilar 
va sotqinlar, ig’vo-fitna yurituvchilar, yolg’on gap tashuvchilar davlatimdan quvildi, 
o’g’rilik, poraxo’rlik, ta’magirlikning barcha yo’llarini bekitish choralarini ko’rdim. 
Shubhali va niyati buzuq kishilarning tuhmatlari bilan fuqarolarga jazo 
berishni man etdim. Ammo biror shaxsning gunohi 4 dalil bilan isbotlansa, unga 
qilmishiga yarasha jazo berdim»
2
deb yozadi Amir Temur.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin