97
asosida yuz beradi, ya’ni tovar bahosiga ustama qo’yilib, tovar nasyaga sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda tovar va to-varlashgan xizmatlarga to’yingan bozor sharoitida
avtomobil, turar joy, yaxta, video va boshqa apparaturalar kabilar keng miqyosda
kreditga sotiladi, ya’ni bo’lajak daromad hisobiga sotilib, tovar xaqi bo’lib-bo’lib
foiz bilan to’lanadi.
O’tmishdagi sudxo’rlik, hozirgi davrdagi innovatsiyada moliyadagi venchur
kapitalining ayrim qismlari ham bevosita kreditning ko’rinishlaridir.
Ikkinchi usul bilvosita bo’lib, qarz berish vositachilik yo’li bilan, ya’ni
uchinchi sub’ekt yordamida amalga oshadi. Bunda alohida kredit tashkilot va
korxonalari yuzaga kelib, banklar paydo bo’ladi. Banklar haqiqatdan ham kredit
vazifalarini o’zida mujassamlashtirgan muassasadir.
Banklar kreditdagi ikki tomonni bir-biriga bog’laydi, ular o’rtasidagi zarur
aloqalarni o’zi bajaradi. Bo’sh pul egalari va pulga muhtojlar bank orqali o’z
muammolarini hal qiladilar. Amalda bank faoliyati tufayli bundagi sub’ektlar bankka
pul qo’yuvchi va qarz oluvchilarga aylanadilar. Bank pul qo’yuvchilarga foiz to’lasa,
pul oluvchilardan foiz oladi. Bu foizlar o’rtasidagi farq bank daromadini
shakllantiradi.
Bundan tashqari banklar xazina saqlovchi va qimmatbaho qog’ozlar
chiqaruvchi bosh bo’g’indir. Davlat emissiyasi ham bank orqali amalga oshadi. Shu
bilan birga banklar garovga boylik qo’yish vazifasi, kapital va iste’molchi kreditlari
kabi vazifalarni ham bajaradi. Umuman ban-klarning kredit, moliyalashtirish
sohasidagi faoliyati juda keng bo’lib, bozor iqtisodiyotining shakllanishi va
rivojlanishi ko’p jihatdan banklar faoliyatining keng ko’lamligi hamda banklar
tizimining rivojiga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: