100
7. http:\\5ballov.ru –diplom,
dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
8. http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
101
XIV-MAVZU. BIZNES VA TADBIRKORLIK
14.1. Biznss va tadbirkorlik tushunchasi
14.2. Biznes va tadbirkorlik tamoyillari
14.3. Tadbirkorlik va mulk shakllari
14.1. Biznss va tadbirkorlik tushunchasi
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan maxsus iqtisodiy faoliyat bo’lib,
biznes nomini olgan. Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilar biznesmen deyiladi. Keng
ma’noda bironta ish bilan shug’ullanib, pul
topishdan
iborat faoliyat biznes deb
ataladi.
Tadbirkorlik biznesning asosiy unsuridir. Ammo biznesda tadbirkorlikka
aloqasi yo’q
ishlar ham bor, masalan o’z mulkini ijaraga berish,
pulini bankka
qo’yish yoki yashirin yo’l bilan sudxo’rlik qilish. Bu ishlar pul topish yo’li, lekin
tadbirkorlik emas
Tadbirkorlik deganda moddiy va pul mablag’larini foyda topish yo’lida sarflab,
bozorga kerakli tovarlar
va xizmatlarni etkazib, kishilarga naf ksltiruvchi,
ularning
hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi.
Tadbirkorlik — bu o’z mulkini ishlatib yoki o’zga mulkidan amalda foydalanib,
tovarlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatish. Undan kutilgan maqsad esa pul topish. Bu
ishni aholining maxsus toifasi — tadbirkorlar olib boradilar. Tadbirkorlik maxsus
tayyorgarlik va iste’dod talab etadi.
Tadbirkorlar sinfi bor, ular foydani ko’zlab
ishlaydi, o’ziga to’q va farovon yashovchi guruhni tashkil etadi.
Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal va
mulkiy
javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy
faoliyat ko’rsatishdir.
3
Bozor iqtnsodiyotiga o’tish davrida bo’lgan O’zbekistonda tadbirkorlar ishchi,
xizmatchi
va dehqonlar hisobidan vujudga kela boshladi. Bu erda tadbirkorlar
kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanuvchilardan, fermyerlardan,
tomorqa
xo’jaligi sohiblaridan, hissadorlik jamiyati a’zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan
iborat. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi, chunki u bozorga tovarlar va
xizmatlarni muntazam etkazib beradi, bozordagi talabni to’ldiradi.
Dostları ilə paylaş: