135
qo’yilgan omonatlar: bank daftardagi yozuvlar; kredit muassasalariga saqlash uchun
topshirilgan qimmatbaho qog’ozlar (aktsiya va obligatsiya).
Deflyatsiya (deflation) – inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi qog’oz
pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga
qaratilgan moliya va pul- kredit tadbirlarini qo’llash bilan amalga oshiriladi.
Baho, narx ( prise) – tovar qiymatining puldagi ifodasi. Mahsulot ishlab
chiqarish uchun sarflangan xarajatlar va foydani ko’rsatadi.
Dividend (dividend) – hissadorlik jamiyatlari foydasining bir qismi,
aktsiyaning soni va turiga qarab har yili hissadorlar orasida taqsimlanadi.
Jamg’armaga moyillik (propensity to saye) – daromadda jamg’arma
hissasining qanchani tashkil etishi.
Jami band aholi (employees) – band bo’lgan aholi va harbiy xizmatchilar.
Jami talab (aggregate demand) – mamlakatning real sotib olish qobiliyatini
aks ettiruvchi ko’rsatkich, jami xarajatlar deb ham ataladi. Unga davlatning iste’mol
xarajatlari, xususiy sektor iste’moli, jami invenstitsiyalar va eksport-import sadosi
xarajatlari kiradi.
Jami taklif (aggregate suply) – mamlakatda ishlab chiqarilgan hamma tovar va
xizmatlarning jami qiymati, milliy mahsulot deb ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: