Asinxron taxogeneratorlar.
Avtomatika va hisoblash – yechish qurilmalarida konstruktiv tuzilishi nomagnit ichi bo’sh rotorli ijrochi asinxron mashinadan farq qilmaydigan asinxron generatorlar qo’llaniladi.
14.2– rasm. Asinxron taxogeneratorning sxemalari
14.2a – rasmda asinxron taxogeneratorning sxemasi tasvirlangan. Asinxron taxogeneratorning statorida joylashgan qo’zg’atish chulg’ami QCh ga amplitudasi va chastotasi o’zgarmas bo’lgan qo’zg’atish kuchlanishi UQ beriladi. Taxogenerator statorida joylashgan ikkinchi chulg’am generator chulg’ami GCh deb ataladi va uning uchlaridan chiqish siganli UG olinadi. Umuman olganda bu chulg’am tashqi yuklanish qarshiligi Ryuk bilan tutashgan bo’ladi. Asinxron generatorning ishlashini 14.2b – rasmdagi ekvivalent sxemasi asosida ko’rib chiqamiz. Ishlash asosini tahlil qilishni soddalashtirish maqsadida rotorini ma’lum sonli o’ramlarning uchlarini o’zaro qisqa tutashtirilgan va tashqi generator chulg’ami GCh tashqi qarshilikka ulanmagan deb qabul qilamiz. Rotori qo’zg’almas holda bo’lganida taxogeneratorni transformator deb ham qarash mumkin, bunda birlamchi chulg’am deb QCh ni olsak ikkilamchi chulg’am deb rotor chulg’amini deb qarash mumkin. QCh chulg’ami hosil qiladigan MYuK rotorni kesib o’tishi natijasida uning o’ramlarida transformator EBK YeTr ni (shartli ravishda ichki o’ramlar halqasida ko’rsatilgan) yuzaga keltiradi. Rotor qisqa tutashtirilgan bo’lgani uchun bu o’ramlardan transformator toki ITr o’tib qo’zg’atish chulg’ami QCh ning magnit oqimiga teskari yo’nalgan magnit maydonini yuzaga keltiradi. Natijada chastotasi qo’zg’atish kuchlanishi chastotasiga mos bo’lgan qo’zg’atish o’qida magnit oqimlarining natijaviy magnit qimi FQ o’rnatiladi. Qo’zg’atish o’qida o’rnatilgan magnit oqimi vektorining yo’nalishi generator o’qiga perpendikulyar bo’lgan uchun generator chulg’amidagi EYuK YeG ning qiymati nolga teng bo’ladi.
Taxogenerator rotorini 2 burchak tezlik bilan harakatga keltiramiz.
Taxogenerator rotori simmetrik bo’lgani uchun transformator EYuK qiymati o’zgarmasdan qoladi. Qo’zg’atish o’qi, rotori to’xtatilgan holdagidek rotor tezligiga bog’liq bo’lmagan magnit oqimi ta’sirida bo’ladi. Rotor o’ramlari bu magnit oqimida aylanadi va natijada bu o’ramlarda aylanish EYuK hosil bo’ladi
Eайл k2Ф К ,
(14.4)
bu yerda k
koeffisient.
mashinaning konstruktiv ko’rsatkichlariga bog’liq bo’lgan
(17.4) ifodadan ko’rinib turibdiki, FQ = const bo’lganida
Eайл ning qiymati
rotorning aylanish tezligi bilan chiziqli bog’langan va uning chastotasi qo’zg’atish
kuchlanishi chastotasiga tengdir. EYuK Eайл ta’sirida rotor chulg’amidan Iайл oqadi
va u generator chulg’ami o’qi bo’ylab Ф Г
oqimini yuzaga keltiradi.
Iайл tokining
qiymati to’g’ridan – to’g’ri
Е айл ga bog’liq bo’lgani uchun ham bu tok hosil qilgan
magnit oqimi Ф Г
ning qiymati rotorning aylanish tezligi 2 ga to’g’ri proporsional
bo’ladi. Magnit oqimi
Ф Г
generator GCh da transformator EYuK
E Г
ni hosil
qiladi va uning haqiqiy qiymati quyidagi tenglama bilan aniqlanadi
EГ 4,44kчул.гГ fФГ ,
(14.5)
bu yerda
Г
generator chulg’ami GCh ning o’ramlar soni;
kчул. г
chulg’ami GCh ning chulg’am koeffisienti.
FG ning qiymati rotor aylanish tezligiga to’g’ri proporsional bo’lgani uchun
ФГ k12 ,
(14.5) tenglamani o’zgartirib quyidagi ko’rinishda yozamiz:
EГ k
Г 2
k Г
d ,
dt
(14.6)
bu yerda kГ 4,44kчул.г wГ fk1; k1 taxogeneratorning konstruktiv ko’rsatkichlari
va qo’zg’atish kuchlanishiga bog’liq bo’lgan koeffisient.
(17.6) tenglamani tahlil shuni ko’satadiki, taxogeneratorning EYuK YeG ning qiymati taxogenerator rotori aylashi tezligiga to’g’ri proporsional ekanligini bildiradi.
Asinxron taxogeneratorning tashqi tavsifini nisbiy kataliklarda, ya’ni generator chulg’ami chiqishidagi kuchlanishning qo’zg’atish chulg’amiga berilayotgan qo’zg’atish kuchlanishiga nibati UG/UQ ning rotor tezligining nisbiy
o’zgarishi 2 / 1 (bu yerda 1 sinxron tezlik) ga bog’liq tavsifi 14.3a – rasmda keltirilgan.
14.3– rasm. Asinxron generatorning chiqish (a) va kuchaytirish koeffisientining statik (b) tavsiflari (punktir bilan ideal chiziqli tavsiflari tasvirlangan)
14.3b – rasmda asinxron taxogeneratorning statik kuchaytirish koeffisienti
kk = dUG/d 2
ning rotor aylanish tezligi
2 / 1 ga bog’liq o’zgarish tavsifi
berilgan. Tavsifdan ko’rinib turibdiki, rotor tezligining oshishi bilan real statik kuchaytish koeffisientining kamayishi chiqish zanjiridagi aktiv va reaktiv qarshiliklar ta’irida hamda qoldiq EYuK ning mavjudligi natijasida ro’y beradi.
Asinxron taxogeneratorlarning o’zgarmas tok taxogeneratorlariga nisbatan asosiy afzalliklari: sirpanuvchi kontaktlarning yo’qligi sababli ishonchlilik darajasi yuqori; ish jarayonida radioto’siq elektromagnit to’lqinlar yuzaga kelmaydi; konstruktiv tuzilishi sodda.
Asinxron taxogeneratorlarni o’zgarmas tok generatorlari bilan solishtiradigan bo’lsak ular quyidagi kamchiliklarga ega: chiqish tavsifining chiziqlilik darajasi bir muncha past; kuchaytirish koeffisientikichikroq; faza xatoligi mavjud; chiqish kuchlanishining qiymati yuklanish xarakteriga bog’liq.
NAZORAT SAVOLLARI
Taxogeneratorlar qanday vazifalarni bajaradi?
O’zgarmas tok taxogeneratorlari qanday asosda ishlaydi?
O’zgarmas tok taxogeneratorlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
Asinxron taxogeneratorlar qanday asosda ishlaydi?
Asinxron taxogeneratorlar qanday konstruktiv qismlardan tashkil topgan?
Taxogeneratorlarning asosiy afzaliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
Nima uchun amaliyotda sinxron taxogeneratorlar qo’lanilmaydi?
Dostları ilə paylaş: |