25
Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‗quvchilar ishlarini
o‗rganish, suhbat va so‗rovnomalar o‗tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari
jumlasiga kiradi.
So‗nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
matematikani
o‗qtishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd
qilinmoqda.
Matematika metodikasi ta‘lim jarayoni bilan bog‗liq bo‗lgan quyidagi uch
savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o‗rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o‗rganish kerak?
3. Matematikani qanday o‗rganish kerak?
Matematika metodikasi haqidagi tushuncha birinchi bo‗lib Shveytsariyalik
pedagog matematik G.Pestalosining 1803-yilda yozgan ―Sonni ko‗rgazmali
o‗rganish‖ asarida bayon qilingan. Boshlang‗ich ta‘lim haqida ulug‗ mutafakkir
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta‘lim va tarbiya haqidagi
hur fikrlarida boshlang‗ich ta‘lim asoslarini o‗rganish muammolari haqida o‗z
davrida ilg‗or g‗oyalarni olg‗a surganlar.
MO‗M o‗zining tuzilish xususiyatiga ko‗ra shartli ravishda uch bo‗limga
bo‗linadi.
Dostları ilə paylaş: