Umumiy maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport musobaqalari


Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM)



Yüklə 338,16 Kb.
səhifə2/3
tarix11.05.2023
ölçüsü338,16 Kb.
#111133
1   2   3
Kurs ishi2

1.Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).
Saf mashqlari - murakkab bo‘lmagan harakatda shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo‘rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g‘ri tutish, rit- mik harakatlarga oid ko‘nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Saf mashqlari bir tomonidan jismoniy harakat mashg‘ulotlari (mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foydalanilsa, iklcinchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.
2. (Umumrivojlantiruvchi) Bu mashqlar tayanch, sportga xos rokn-rol, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga etkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ‘ibot- tashviqot qilish maqsadida qollaniiadi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi mumkin. SHunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga ko‘nikma va malakalarni egailab olish imkonini beradi, inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi.
Qo‘shimcha mashqlarga quyidagilar kiradi: ish kuni tartibidan o‘rin olgan gimnastika insonlarni sog‘lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, korxonalardagi gim­nastika (mehnatda, mudofaada, o‘qish-aqliy mehnat va sport faoliyatida yuqori natijalarga erishishda vosita sifatida qo‘llaniladigan), maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qoilaniladigan kasbiy- amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy gimnastikasi; davolash- jismoniy mashqiarning asosiy qismi bo‘lgan (turli kasallikka chalingan va jarohat olganlarni davolash uchun qo‘llaniladigan, mehnat qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash) gimnastika. Ushbu mashqlar maxsus jihozlar (arqon, langarcho‘p, yakkacho‘p, gimnastik o‘rindiqlar, devorlar)dan foydalanib bajariladi. Uning yordamchi mashqlari bilan ochiq gimnastika maydonchalaridagi standart-nostandart jihozlarda yashash, dam olish, istirohat bog‘lari va shahardan tashqaridagi hordiq chiqarish maydonlarida shug‘ullanish mumkin.
2. Erkin mashqlar va ularning qo’lanilishi
Еrkin mashqlar sport gimnastikasini bir turi bo‘lib, umumrivojlantiruvchi vosita sifatida chidamlilikni tarbiyalash va rivoj- iantirish, muvozanatni saqlash uchun foydalanadi. Mashqlar texnikasini aniq bajarish, musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni estetik zavq bilan bajarishni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Mashg‘ulot va sport kompozitsiya elementlarini tarbiyalashda sportchilaming ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini rivoj la ntiradi.
Badiiy (nafis) gimnastika mashqlari, asosan, qizlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi. Ular o‘z vazifasi bilanerkin mashqlarga yaqinturadi, ayrim maxsus mashqlar vositalarsiz (erkin, muvozanatni saqlash, burilish, sakrashlar va shu kabi), vositalar bilan (halqa, koptok, cho‘qmor, arg‘imchoq, lenta va shu kabi) bajariladigan mashqlar, raqs elementlari ham badiiy gimnastikaga kiradi. Badiiy gimnastikaning turli harakat elementlari o‘quv va sport mashg‘ulotlari kompozitsiyasiga kiritilgan. Musiqa jo‘rligida bajariladigan ba’zi mashqlar va ularning to‘plami harakat egiluvchanligini rivojlantiradi, estetik sifatlarni tarbiyalaydi va ularni targ‘ibot qilishga xizmat qiladi.
Badiiy gimnastika mashqlari qizlarning kamol topishi uchun ularning organizmiga, tana tuzilishiga ta’sir ko‘rsatishni inobatga olgan holda quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:
  1. jismoniy sifatlarva mushaklami harakatlantiruvchi qobiliyat- larni rivojlantiruvchi (safda bajariladigan, umumrivojlantiruvchi, harakatli o‘yinlar, estafetalar va shu kabi) mashqlardir;


  2. zarur hayotiy ko‘ nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan (amaliy, tayanmay bajariladigan sakrashlar va shu kabi) mashqlardir;


  1. irodaviy jismoniy sifatlarni shiddatli rivojlantiradigan va takomiilashtiradigan (erkin sakrashlar, tayanib sakrashlar, gimnastika jihozlarida bajariladigan akrobatik, badiiy gimnastika) mashqlardir;


  2. tomosha, ko‘ngil ochish musobaqalari, bayram tantana- larida sportchilarning chiqishlari (ritmik gimnastika, aerobika, sheyping, fitnes, gimnastrada)ni o‘z ichiga oladigan mashqlardir.



3.Akrabatik Mashqlar
Akrobatik (tramplin) mashqlar — jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qomatni tik tutish, turli harakatlar bilan umbaloq oshish, fazo bo‘sh!ig‘ida qomatni to‘g‘ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar mustahkamlanadi. Ularni funksional rivojlanishi ta’minlanadi. Akrobatik mashqiarning doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli sport turlarini (umumiy, qo‘shimcha, maxsus jismoniy tayyor- garlik) takomillashtirish uchun qo‘l!anishga imkon yaratadi. Akrobatik mashqlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajarila­digan voltej' elementlari, juftlikda, uchlik, to‘rtlik, erkaklar, erkak va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.
Guruh bo‘lib bajariladigan oddiy piramidalar ham akrobatik mashqlarga kiradi.
5. akrashlar (tayanib va tayanmasdan) umumrivojlantiruvchi mashqlar sohasiga kiruvchi sakrash, tashlanish, qo‘l va oyoqlar bilan depsinish natijasida uchish fazasini hosil qilishdan farqlanadi. Harakatlarni bajarishning aniqligi (chaqqonlik, tezkorlik, kuch) irodaviy jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Sakrashlar mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlik, malaka va ko‘nikmalarni shakllanishida (to‘siqlardan sakrab o‘tish, qo‘nish, yuqoriga va yuqoridan pastga sakrashlar) qo‘llaniladi. Tayanib sakrashlar sport gimnastikasida ko‘pkurashning bir turi sifatida musobaqalar dasturidan o‘rin olgan.

6. Jihozlarda bajariladigan mashqlar— o‘zining bajarilishi tayanch holati, gavda harakati xususiyati, sport jihozlari tuzilishi bilan ajralib turadi. Sport gimnastikasida erkaklar (ot, halqa, qo‘shpoya, yakkacho‘p) va ayollar (turli balandlikdagi qo‘shpoya, xoda) ko‘p kurashlarda ishtirok etib, turli jihozlar bilan ta’minlangan. Ushbu jihozlar ayrim mashqlarni bajarishda gimnastikaning sog‘lom- lashtirish yo'nalishidagi o‘rnini mustahkamlaydi.


Dastakli otda ko‘pgina umumrivojlantiruvclii mashqlar (gavdani ortga egish, tashlanishlar)dan foydalaniladi. Mashq bajarishda jihozlardan foydalanishda bunday yondashish turli yoshdagi, jinsdagi va tayyorgarligi har xil bo‘lgan shaxslar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilganda qo‘l keladi.
Sport jihozlari vositasida bajariladigan mashqlar shakli, murakkablik darajasi bo‘yicha ko‘p qirrali bo‘lib, shug‘ullanuvchilar organizmiga o‘ziga xos ta’sir etadi. Bundan shu narsa kelib cliiqadiki, mashg‘ulotlar jarayonida gimnastika sporti jihozlari bajariladigan mashqiarning harakat-tayanch apparatiga bo‘lgan ta’siri beqiyosdir. Bu mashqlar qo‘l, elka-bo‘g‘in mushaklarini rivojlantiradi. CHunki bir talay mashqlar qo‘llarda tayanib yoki osilgan holatda bajariladi. SHuning uchun ham gimnastika sporti bilan shug‘ullanadiganlar o‘z qaddi-qomatining tuzilishi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Hozirgi paytda an’anaviy gimnastika jihozlaridan tashqari ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun foydalaniladigan yordamchi trenajorlar, qurilmalar paydo bo‘lmoqda. Bu trenajorlar ham gimnastika sportini rivojlantirishda mashqlar bajarish sifatini oshirishda katta foyda beryapti. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan gimnastika turlari mazkur sportning umumiy yo'nalishi asosini o‘zida saqlab qoladi. Ammo nimagamo‘ljallanganligi, mashqiarning o‘ziga xosligi va uslubiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Gimnastikaning asosiy vositalarini mana shu tariqada ajratish, gimnastikaning biron turi uchun, turli xildagi pedagogik maqsad va vazifalarni echish uchun mashqlar tanlashni osonlashtiradi.
Muhim ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, takomillash­tirish, mustahkamlash, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi, ular qatorida har xil harakatli o‘yinlar ham qo‘llaniladi. Estafetalar o‘tkazganda o‘yinlarning musoba- qalashuv belgilariga ko‘proq e’tibor.beriladi. Jisman etarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi.“Har qanday mehnat  bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar o’ynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o’zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy. Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko’rsatganidek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bogliq. Aqlning o’sishi va rivojlanishi o’z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli hal qilinadiki, shugullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashgulotlariga qiziqib, tashabbus ko’rsatib ijodiy yondashsalar, organizmda harakat malakalarini to’gri shakllanishi, funktsional qobi-liyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo’ladi.
Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shugul-lanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlangan-lik hamda soha bo’yicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bo’lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish ko’r-ko’ronalikka yo’l qo’ymaslikni talab qiladi. Mashgulotga ongli munosabatda bo’lmaslik talantni so’nishiga sabab bo’ladi. Eng havflisi shugullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shugullanishgagina odat shakllanadi – jamiyat uchun esa boqi-mandalar ko’payadi.
Sport trenirovkasi sirlariga sho’ngish, uni tushunish, shugullanuvchi mahoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jahon rekordlarini o’rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kura-shish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa mashaqqatli mehnat, o’tkir intellekt sohibi bo’lishlik talab qilinadi.
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o’zaro bogliqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulug rus fiziologi I.M. Sechenov va I.P. Pavlov tomonidan isbotlan-gan. “Men butun hayotim bo’yi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko’proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo’lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo’lim bilan boglaganimda o’zimni juda yaxshi his qilar edim”, - deb yozgan edi ulug rus olimi I.P. Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o’zaro uzviy bogliq holda amalga oshirilishi lozim.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya Har qanday jamiyat azal-azaldan o’zining axloq normalari va ularning talablari bilan biri-biridan ajralib turgan, ayrim holda keskin farqlangan. Bu talablar va normalardan jamiyatning mavqei, o’rni, darajasini belgilash, baholashda foydalanilgan. Axloqiy tarbiya ularga jamiyat a’zolari rioya qilishidek zarur muammolarni hal qilishda jismoniy mashqlar bilan shugullanish mashgulotlari, sport trenirovkalari, turli xil musobaqalar va ko’ngil ochish tadbirlari axloq normalarini shakllanishi, tarbiyalanishida vosita rolini hozirgi kunda ham o’ynab kelmoqda. O’zaro munosabat, muloqot, umuminsoniy qadriyatlar, millati, xalqi, davlati, shoni-shuhrati uchun qaygurish hissiyoti jismoniy tarbiya jarayonida to’gridan-to’gri tarbiyalangan.
Mamlakat sportchisining axloqi – bu, millat vakili, mavjud jamiyat kishisining axloqidir. O’zbek sportchisining axloq normalari maxsus, alohida emas. Ular ham mazkur jamiyatning oddiy a’zosining axloqi normalaridan farq qilmaydi. «Sportchining axloqi» degan axloqni tuzushga urinish sharq xalqlari axloq normalaridan uzoqlashishga olib keladi.
Biz qisqa fikrli, tor o’ylaydigan faqat sport bilan shugullanadigan baquvat, yaxshi xazm qilish organlariga ega bo’lganlarni emas, fikrlar doirasi keng, ma’naviy boy, kirishuvchan, tashkilotchilik qobiliyati yaxshi bo’lgan individni mamlakatimiz yoshlari uchun taaluqlidir.
Sportchi va fizkulpturachilar axloqiy tarbiyasining asosiy xususiyatlari, uni jismoniy tarbiya jarayonini yo’lga qo’yilishi quyidagi yo’nalishda va shaklda bo’lishiga e’tibor qaratilmoqda:
1. Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bo’lish, jamiyat ishini o’z shaxsiy ishi bilan teng qo’yish, jamiyat va davlat ishini darajasini pasaytirmaslik. O’zining jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bo’lish, Vatan mudofaasiga doimo tayyorlik har bir jamiyat a’zosining umumiy burchiga aylangan bo’lishligi sport hayotidagi maqsadni birligi va umumiyligi barcha uchun yagona qonuniy ahamiyatga ega bo’lishligi, uni jamoa faoliyatida gavdalanishi, jamiyati jismoniy madaniyati tarixi, an’analari, millatining shoni uchun jamoaning kuchini umumlashtira bilishlik xususiyati.
Mamlakat sportchisi xalqaro maydondagi galabalarning hal qiluvchi omili ekanligi, o’z xalqi, Âàòàíè oldidagi javobgarlik burchini his qilabilishlik xususiyati.
2. Jamoat mulkiga (sport inshoati, undagi jihoz va anjomlarga) ijtimoiy munosabatni sport maydonlarini jihozlash va qayta jihozlash ishida ishtirok etish.
3. Jamiyat a’zolarining axloq normalarini eng asosiy mehnatga ijtimoiy munosabatda bo’lishlikdir. Jismoniy mashqlar bilan shugullanish shugullanuvchi mehnatda, ishlab chiqarish jarayonida har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Sportchini sport natijasiga erishishi mashaqqatli bo’lib, chidamli mehnatni talab qiladi. U rekordlarnigina yangilash bilan mehnat jarayoni uchun iroda, intizom, mehnat qilishga odatni shakllantiradi, mehnatni qadrlashga o’rganadi. Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga bo’ysunishga o’rgatadi. Gimnastika, o’yinlar, sport, turizm va boshqa jismoniy mashqlar bilan shugullanish tarbiyalanuvchilardan belgilangan qoidaga, tartibga qat’iyyan rioya qilish talabini qo’yadi. Ularga bo’ysunmaslik sportchini yoki tarbiyalanuvchini umumiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Sport faoliyati sportchi hayotini havf ostida qoldirishi – masalan, to’p uchun kurasha-yotganda o’yinchilar bir-biri bilan to’qnashib ketdi. Kimdir aybdor. Qo’pollikka javob qilgingiz keladi. Lekin sportchi axloq normalari, o’zini qo’lga olish va nizoli holatni tinch yo’l bilan hal qilish uchun lozim bo’lgan axloqiy normalar, talablarni ustun kelishi xususiyati.

Xulosa:
Umumiy maxsus mashqlardan va sport musobaqalari kurslaridan foydalangan holda, insonlar o'zlarining sport salohiyatini oshirish, go'zallik va shaxsiy tarbiyaning asosiy ko'nikmalarni o'rganishadi. Kurslarda o'rganish, ko'rsatmalar, va amaliy mashqlar yordamida xodimlar, o'quvchilar yoki o'zlarining sport salohiyatlarini oshirish uchun zarur bo'lgan jadal, tajriba va bilimni olishini o'rganishadi. Kurslar, instruktorlar va boshqa xodimlar, sport salohiyati va shaxsiy tirbiyada g'ayrat va ilmni barpo etishga yordam beradi. Shuningdek, sport mashqlari yoki musobaqalari yoki turli turdagi mashqlar yordamida insonlar hayot qobiliyatlarining yanashishini va o'zlarini psixologik holat yordamida yaxshilashini o'rganishadi.


Yüklə 338,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin