I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; onion – piyoz, pineapple – ananas
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni: Muallif haqida: Shukur Saʼdulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlangʻich maʼlumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universitetida oʻqidi. 1931–64 yillarda Shukur Saʼdulla Oʻzbekiston davlat va “Kamalak” (“Yosh gvardiya”) nashriyotlarid a muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga oʻzining barakali hissasini qoʻshdi.
TINCHLIK QUSHI HAQIDA MEN O‘QIGAN SHE’R Shukur Sa’dulla Erta bilan turaman,
Salqin shabada esar.
Keng yurtimni ko‘raman,
Ko‘nglimda quvonch kezar.
Kaptarlarimni ko‘ray, —
Deb boraman ohista.
Ozroq bo‘lsa ham, qo‘shay —
Tinchlik ishiga hissa.
Uchiraman,
Oq kaptar —
Intiladi ilgari.
Yarqiraydi qanotlar
Oq samolyot singari.
Ko‘z solaman:
Har uydan
Uchib chiqar oq kaptar.
Charx uradi osmonda,
Tinchlik! — deya solib jar:
Bilsin urishqoq, jallod,
Qotil, odamxo‘r, battol.
Tinchlik istar yosh avlod,
Katta-kichik, er-ayol!
Urush bo‘lmay jahonda
Tinchlik bo‘lsin barqaror!
Erkin uchsin osmonda
Tinchlik qushi — oq kaptar!..
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. Shoir she’rda tinchlik ramzi bo‘lgan oq kaptarni nimaga o‘xshatadi?
2. «Qotil», «battol», «jallod», «odamxo‘r» so‘zlarining ma’nosini izohlang.
V. O‘quvchilarni rag’batlantirish . Darsni yakunlash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.