Umumiy o’rta ta’lim maktabining Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinf uchun Ona tili fanidan “



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə2/2
tarix30.10.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#66850
1   2
4 sinf ona tili 76 78 So‘z yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shib, yangi(1)

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa



I. tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
“Yurtim bo’ylab sayohat.” mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi: Ee [i:], Ff [ef], Gg [dzi:]
DARS SHIORI
QUNT BILAN O‘RGAN HUNAR,
HUNARDAN RIZQING UNAR.
O`quvchilar: «Salom» assalom so'zi,
So'zlar ichra durdona.
Mehrning ifodasi,
hamda hurmat yagona.
Eng avvalo ustozlar,
Assalomu alaykum.


O`qituvchi: Vaalaykum assalom aziz o'quvchilar.
Salom berish - bu, a'lo alomat.
Salom berganlar, bo'ling salomat.
Aziz o'g'il qizlarim
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchilar: Ustoz bizlar sog`lommiz,
Darsga to`liq tayyormiz.
O`qituvchi: Qani bolajonlarim,
Mehri qaynoq buloqlorim.
Hozir nima darsimiz,
O`uvchilar: Hozir «O'qish» darsimiz,
Chin inson farzandimiz.
Olib biz sabog'ingiz,
A'lo o'qish shiorimiz.


O`qituvchi: Aziz bolajonlarim
Kimdir bugun navbatchi,
Yo'qlamani beringchi.
Navbatchi o'quvchi: Men navbatchi sinfda,
Sinfimiz doim yuzda.
Chang g'uborlar artilgan,
Suvlar ham qaynatilgan.
Biz yengil formadamiz,
Odobda oldindamiz.


Guruhga bo’linish:
Baxtli tasodif” metodi






1-guruh 1-tashabbusga tarif beradi
2-guruh 2-tashabbusga tarif beradi
3-guruh 3-tashabbusga tarif beradi
4-guruh 4-tashabbusga tarif beradi
5-guruh 5-tashabbusga tarif beradi


II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman
75-mashq. Berilgan so‘zlarga avval so‘z yasovchi, so‘ngra so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalarni qo‘shib 3 ta gap tuzib yozing.
Olma, uzum, ayb, ish, paxta



III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
76-mashq. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Sulton ismli bola o‘z o‘rtog‘i Yusufjonga dedi:
– Yusufjon, Ali akamning yong‘oqlarini ko‘rdingmi?
Qanday yaxshi, shirin yong‘oqlar! Yur, shu yong‘oqlardan cho‘ntagimizni to‘ldirib olaylik. Men daraxtga chiqib, yong‘oq qoqaman. Sen yong‘oqlarni terib olasan. Bizni hech kim ko‘rmaydi.
– Hech kim ko‘rmasa ko‘rmasin, lekin vijdonimiz ko‘rib turadi-ku! – dedi Yusufjon.
Matn yuzasidan 2-3ta savol tuzing va yozing
77-mashq. Ish so‘ziga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shib so‘zlar hosil qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Tuzgan gaplaringizni tartiblashtirib matn tuzib yozing.


Aqliy hujum
Hozir darsimiz nima

XOTIRA MASHQI”


Bolajonlar qanday mavzu o’tyapmiz



Kim chaqqon?” (savolga javob bering.)


Bizning maktabimiz direktori kim va maktabimiz raqami nechi



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.




V. Baholash Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa. 78 - mashq.


78-mashq. -chi, -kor, -li, -la qo‘shimchalarini qo‘shib so‘zlar yasang va yozing. So‘zlarning asosini va hosil bo‘lgan so‘zning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini
ayting.
Namuna: bokschi-boks(ot), bokschi(ot).


O’IBDO’: ____________________
Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin