Informatika kursining asosiy maqsadi – o’sib kelayotgan avlodni kompyuter yordamida mustaqil fikrlashga, tasavvurini rivojlantirishga va o’zining ijodiy rejalarini hayotda tadbiq etishga o’rgatish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarining mazmuni.
Misоl sifаtidа 5-9-sinflаr uchun mo’ljаllаngаn «Infоrmаtikа vа hisоblаsh tехnikаsi аsоslаri» fаnining mаzmunini to’liq ko’rib chiqаmiz.
5-SINF (Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun) Kompyuter bilan tanishuv (16 soat) Mazmun.Kompyuter honasi uchun Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya – gigiena talablari. Kompyuterning asosiy qurilmalari, ularning vazifalari. Kompyuterni boshqarish dasturi. Kompyuterning ba’zi qo’shimcha qurilmalari, vazifalari. Klaviaturada ishlashning boshlang’ich saboqlari. Sichqoncha bilan ishlash ko’nikmalari. Kompyuter hisoblash vositasi sifatida. Kompyuterda sodda rasmlar hosil qilish. Fikrlashni rivojlantirishga va kompyuter qurilmalari (klaviatura, sichqoncha) bilan ishlash ko’nikmalarini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan kompyuter o’yinlari bilan tanishish.
6-SINF (Ikki haftada 1 soatdan, jami 17 soat, bundan 1 soati nazorat uchun) Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyalari (16 soat). Mazmun: Matn muharriri va uning vazifalari. Matn ko’rinishidagi axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Hujjatlarning asosiy parametrlari. Belgi, so’z, satr, abzats, matn, blok va hujjat haqida tushuncha. Hujjatlarni vujudga keltirish. Hujjatlarni tahrirlash. Hujjatlarda rasm, shakl va chizmalar bilan ishlash. Jadvallar. Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash. Matnda formulalar yozish. Hujjatni chop etish.
6 - sinf informatika fanidan mavzuviy rejalashtirish.(haftasiga 0,5 soatdan, jami 17 soat)