Umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari kurslarini o’qitish maqsadi va vazifalari



Yüklə 27,23 Kb.
səhifə6/6
tarix31.05.2022
ölçüsü27,23 Kb.
#60168
1   2   3   4   5   6
umumiy-orta-talim-maktablarida-informatika-va-axborot-texnologiyalari-kurslarini

O’qitishning guruhli shakli


«AQSHda ta’lim bo’yicha instrukturalar guruhli ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar, o’qitishning ushbu shakli o’quvchilar orasidagi dushmanlik munosabatlarining oldini olishning samarali taktikasi ekanligini ko’rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular»dan «biz» ko’rinishiga o’zgartiradi. Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o’quv makoniga e’tibor berish lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. SHu sababli o’tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o’quvchilar o’zidan oldingi o’quvchi boshining orqa tomonini va o’qituvchining yuzini ko’radigan holatda joylashtirliishi maqsadga muvofiq emas. O’tirish joylarining o’rnini o’zgartirish, guruhda muomala qilish imkonini beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo’ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir guruhdagi o’quvchilar sonini hisobga olish lozim (uch, to’rt, yetti va hokazo). Guruh bilan ishlash usuliga bog’liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud:

5-rasm. Guruhlar usuliga bog’liq holda o’tirish joylari


E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. SHuning uchun avval boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor ekanligi o’z aksini topadigan guruhning emotsional iqlimi to’g’risida ham qayg’urish kerak bo’ladi.



Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r – mingni.


«AmirTemuro’gitlari»
Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o’zaro muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi mumkin.

Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi nuqtai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada

Скачано с www.znanio.ru
Yüklə 27,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin