`
25
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPENENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH VA TA’LIM SIFATINI BAHOLASH
1
G.Z.Shodiyev,
2
Sh.M.Egamqulova,
3
S.Q.O'rozboqova
Guliston shahar 16-maktab tarix fani o`qituvchilari
maktab16gul@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7509097
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi davr ta’lim jarayonining sifati va
samaradorligini oshirishda o‘qituvchi kasbiy mahoratining o’rni hamda
amaliyotda qo’llash xususiyati to‘g‘risida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so‘zlar
. Kompetentlik, kasbiy kompetentlik, texnologiya, bilim,
ko’nikma, malaka, nutq, kreativlik.
Kirish.
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti
istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o’rin
egallashga intilish yo’lidagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan
kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish, mahalliy
shart-sharoit, iqtisodiy va intelektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat
hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi
yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo’lga
qo’yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o’z samarasini berayotgan bo’lsa-da,
biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash,erishilgan yutuqlarni
boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida
fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat talab etmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda,
ko’pgina pedagogik olimlarning ilmiy ishlarida kompetentlik degan tushuncha
keyingi paytlarda keng qo’llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetentli yondashuv
xorijiy adabiyotlarda o’tgan asrning 60-yillarida shakllana boshlagan.
Kompetentlik- tushunchasi esa, shaxsning doimo o’sib boruvchi tasnifi bo’lib,
real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish qobilyati,o’z
bilimi, o’quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar
etish imkoniyatlari hisoblanadi. Kasbiy kompetentlik- mutaxassis tomonidan
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim,ko’nikma va
malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi
demakdir.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar
va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya
musaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni,
`
26
Dostları ilə paylaş: |