«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni
qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holarda yaqqol namoyon bo’ladi:
murakkab jarayonlarda;
noaniq vazifalarni bajarishda;
bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
kutilmagan vaziyatlarda harakat rejasiga ega bo’la olishda.
Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:
Maxsus yoki kasbiy kompetentlik;
Texnologik kompetentlik;
Ektremal kompetentlik;
Psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innavatsion, kommunikativ va boshqa
kompetentlik. Ijtimoiy kompetentlik- ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish
ko’nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga
kirisha olish. Maxsus kompetentlik- kasbiy- pedagogik faoliyatni tashkil etishga
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati
rivojlantirib boorish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik,
information, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko’zga
tashlanadi. Shaxsiy kompetentlik-izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, malaka
darajasini oshirib boorish,kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon
qilish. Texnologik kompetentlik-kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or
texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita,texnika va texnologiyalardan
foydalana olish. Ektremal kompetentlik- favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar,
texnologik jarayonlar ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda
oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.
Muhokama va natijalar. Pedagogik jarayonning qanchalik samarali,
muvaffaqiyatli tashkil etilishi o’qituvchining pedagogik qobiliyatiga egaligiga
bog’liq. Manbalardan birida qobiliyat tushunchasi shunday sharhlanadi:
shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan
individual psixologik xususiyatdir.
Qobilyatli pedagoglarda quyidagi noyob qobilyatlar ko’zga tashlanadi:
-bir vaqtning o’zida bir necha faoliyatni bajara olish( eshitish, ko’rish,
o’qish,yozish, fikr yuritish, muloqot qilish va b.):
-atrofida kechayotgan ikki yoki bir necha voqelikni birdek qabul qilish ( bir
talabaning maruzasini eshitgani holda , boshqa talabalarning faoliyatini kuzata
olish);