Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik


Tarjimayi hol birinchi shaxs tilidan



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170
Ona tili 6 sinf

Tarjimayi hol birinchi shaxs tilidan
yoziladi. Birovning hayoti va faoliyati bayon qilingan matn
ham tarjimayi hol deb yuritiladi, bunday matnlar uchinchi
shaxs tilidan yoziladi, ammo ular ish qog‘ozlari sirasiga
kirmaydi.
488-mashq.
Berilgan matnni o‘qing. O‘zingizning tarjimayi holi-
ngizni yozing.
TARJIMAYI HOL
Men, Abdullayeva Nafisa Rustam qizi, 2003-yilning
4-iyunida Xorazm viloyatining Xiva shahrida xizmatchi oilasida
tug‘ildim.
Otam – Abdullayev Rustam «Barkamol avlod» sport-
sog‘lomlashtirish markazida murabbiy bo‘lib ishlaydi.
Onam – Abdullayeva Hulkar 30-umumta’lim maktabida
matematika fanidan dars beradi.
Oilada 5 kishimiz. Singlim – Ra’no 5-sinfda, ukam – Zafar
3-sinfda o‘qiydi.
2010-yili Xiva shahridagi 30-umumta’lim maktabining
1-sinfiga o‘qishga qabul qilindim. Hozir ushbu maktabning
6-sinfida o‘qimoqdaman.
Ona tili va adabiyot, tarix fanlariga qiziqaman, suvda suzishni
yaxshi ko‘raman. Maktabdagi jamoat ishlariga faol qatnashaman,
sinfimiz devoriy gazetasining doimiy mualliflaridanman.
Yashash manzilim: Xiva shahri, Obod ko‘chasi, 11-uy.
(imzo)
N. Abdullayeva
2017-yil 15-noyabr
489-mashq.
Namunadan foydalanib, o‘zingizning tarjimayi holi-
ngizni yozing.
Rauf Parfi 1943-yilning 27-sentyabrida Toshkent viloya-
tining Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida dehqon
oilasida tug‘ildi.
Otasi – Parfi Muhammadamin o‘qimishli kishi bo‘lib,
sho‘rolar quvg‘ini davrida Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan
Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi – Sakinaxonim Isabek qizi ham
mumtoz adabiyotni biladigan ayol bo‘lib, u ham asli farg‘onalik
edi.


194
Rauf Parfi 1950-yilda Sho‘ralisoydagi maktabga o‘qishga
boradi va u yerda 1956-yilgacha saboq oladi. So‘ng qo‘shni qish-
loqdagi maktabga o‘tib, bu yerda 1958-yilgacha tahsilni davom
ettiradi. Sakkizinchi sinfni tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahri-
dagi kechki maktabga o‘tkazib, mehnat faoliyatini boshlaydi...
O‘rta ma‘lumot olgach, 1960-yilda Toshkent davlat universitetiga
o‘qishga kiradi...
Ulkan o‘zbek shoiri Rauf Parfi 2005-yilning 28-martida
yurak xastaligidan vafot etdi. («So‘nmas yulduzlar» kitobidan)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin