166 571. 7 ta olma va 3 ta nok bor. Ularni necha xil usul bilan har
birida 5 tadan meva bo‘lgan va ulardan hech bo‘lmaganda
1 tasida nok bo‘lgan ikkita taqsimchaga qo‘yish mumkin?
572. Idishda 1, 2, 3, ..., 10 sonlari yozilgan sharlar bor.
Idishdan uchta shar olamiz. Nechta holda ularda yozilgan
sonlar yig‘indisi 9 ga teng bo‘ladi? Nechta holda 9 dan
katta bo‘ladi?
573. 3 ta tovuq, 4 ta o‘rdak va 2 ta g‘oz bor. Bir nechta par-
randani shunday tanlab olingki, ular ichida tovuq, o‘r-
dak va g‘oz bo‘lsin. Shunday tanlashlar soni nechta bo‘-
ladi?
574. 4 ta oq atirgul, 5 ta qizil va 3 ta sariq atirgul bor. Bir nechta
gulni shunday tanlab olingki, ular ichida oq, qizil va sariq
atirgul bo‘lsin. Shunday tanlashlar soni nechta?
575. 1, 2, 3, ..., 8 raqamlaridan ularni takrorlamay tuzilgan 8
xonali sonlar ichida 1 va 8 raqamlari yonma-yon tura-
diganlari nechta?
576. Gul sotuvchida 5 ta qizil va 10 ta oq chinnigul qolibdi.
A’zamxon singlisi Mubinabonuga 2 ta qizil va 3 ta oq
chinniguldan iborat guldasta sovg‘a qilmoqchi. Buni u
necha xil usul bilan amalga oshirishi mumkin?
577. Tadbirkor 8 ta gazetadan 5 tasiga o‘z firmasi haqida e’lon
bermoqchi. U 5 ta gazetani necha xil usulda tanlashi
mumkin?
578. Aylanada yotuvchi 20 ta turli nuqta belgilandi. Uchlari bel-
gilangan nuqtalarda yotuvchi: 1) vatarlar sonini; 2) uch-
burchaklar sonini; 3) qavariq to‘rtburchaklar sonini hi-
soblang.
579. Ikkita parallel chiziqning birida 8 ta, ikkinchisida 11 ta
nuqta belgilandi. Uchlari belgilangan nuqtalarda bo‘lgan
qavariq to‘rtburchaklar sonini toping.
580. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yo‘l olib boradi. Sayyoh necha xil
usulda buloqqa borishi va pastga tushishi mumkin? Agar
167 sayyoh buloqqa borgan yo‘lidan emas, boshqa yo‘ldan
pastga tushsa, u holda tepalikka chiqish va undan tushish
jami necha xil usulda bo‘lishi mumkin?