Davlat talablari asosidagi asosiy vazifalar:
- natural son haqida tushuncha hosil qilish;
- 100 ichida og‘zaki va yozma ravishda hisoblash amallarini bajarish ko‘nikmalarini egallash;
- matematik iboralar va amallarni tushunish, tahlil qilish, taqqoslash
va umumlashtirish imkoniyatini rivojlantirish;
- darsda egallagan matematik malakalarini amaliy hayotiy masalalarni yechish, yoshiga munosib o‘yin jarayonida qo‘llay olish imkoniyatini shakllantirish.
Korreksion (nuqsonini tuzatishga qaratilgan) vazifalar:
- o‘ziga qaratilgan nutq, murojaat, topshiriqni ko‘rib-eshitib qabul qilish, tushunish imkoniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
- ovozni kuchaytirib beruvchi individual va sinfda jamoa bo‘lib foydalanadigan eshitish apparatlaridan to‘g‘ri foydalanish, eshitish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish;
- fikrlash, o‘ylash, tahlil qilish ko‘nikmalari (analiz, qiyoslash, sintezlash)ni shakllantirish va rivojlantirish;
- masalalarning mazmuni, mohiyati va talabini tushunish imkoniyatini shakllantirish va rivojlanish;
- o‘qituvchining qo‘ygan vazifa, masala va topshiriqlariga javobgarlikni his qilgan holda yondashish ko‘nikmasini hosil qilish;
- masalalarning mazmunini tushunishga qiziqishini tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish. javobini topishda faolligini hosil qilish;
- ko‘proq qo‘llaniladigan va tanish so‘zlarni faqat eshitish orqali qabul qilishni o‘rgatish;
- sutka ichidagi vaqtni, hafta kunini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish;
- vaqt turkumini bildiruvchi (kecha, bugun, ertaga, ertalab, kunduzi, kechqurun) so‘zlarni eshitib farqlash ko‘nikmasini hosil qilish;
- to‘g‘ri (o‘ng), teskari sanashni bilish;
- sonlarni narsa, buyumlarning miqdori bilan solishtirish va aytish;
- arifmetik amallarning mazmun-mohiyatini tushunish.
O‘QUV DASTUR
Dostları ilə paylaş: |