Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


IV.Boʻlim. San’at va madaniyat (22 soat)



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə125/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   155
adativ-dastur-engohiri

IV.Boʻlim. San’at va madaniyat
(22 soat)


Ertakdagi qahramon. Berilgan ertak matni tarkibidagi ayrim so‘zlarning talaffuzi va imlosi. d-t, b-p, z-s, j-ch, g-k, v-f undoshlarining talaffuzi va imlosi. d-t undoshining talaffuzda tushib qolishi, yozuvda saqlanishi, q va g‘ tovushlari, ularning talaffuzda va yozuvda qo‘llanilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Tinglangan ertak matni ustida ishlash, ertakdagi qahramonlarga tavsif berish, ertak mazmuni asosida xulosa chiqarish va o‘z fikrlarini tartibli, ifodali yetkaza olishga qaratilgan mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Tengdoshlari


va kattalar bilan suhbatga kirisha olish, suhbatlashish odobiga rioya qilish
(bir-birini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish) qoidalari.

Ertak qahramonlariga berilgan audiotavsifni tinglash orqali ayrim so‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslash, ular o‘rtasidagi farqni aniqlash mashqlari. Ushbu qoidalar asosida sevimli ertak qahramonlari haqida ikki yoki undan ortiq gap yozish.

So‘zlarning ma’nosini aniqlashda tovushlarning o‘rni haqida ma’lumot berish, so‘zdagi bir tovushni o‘zgartirish orqali so‘zning ma’nosini o‘zgartirish mashqlari ustida ishlash.

Matndagi (asardagi) voqealar ketma-ketligini tushunish. Voqealarning ketma-ketligi, sabab va oqibat bog‘lanishlarini tahlil qilish. Matndan xulosa chiqarish.




Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin