Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


II. Boʻlim. Tabiat ne’matlari (24 soat)



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə121/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   155
adativ-dastur-engohiri

II. Boʻlim. Tabiat ne’matlari
(24 soat)


Yashil sayyora. Berilgan matndagi so‘z va birikmalarning ma’nosini anglash, matndagi rangni bildirgan so‘zlarni ajrata olish bilan bog‘liq mashq
va topshiriqlar ustida ishlash. Matndagi atoqli otlar va sanoq sonlarning yozuvda ifodalanishi bo‘yicha topshiriqlar ustida ishlash. Matn yuzasidan berilgan savol
va topshiriqlarni to‘g‘ri anglash, savollarga tartibli javob bera olish mashqlari.
X va H tovushlarini o‘zaro farqlash, ushbu tovushlar ishtirok etgan so‘zlar imlosi ustida ishlash mashqlari.

Berilgan mavzu yuzasidan suhbat qurish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Fikr ifodalashda tartibni bildiruvchi so‘zlardan (birinchidan, ikkinchidan) foydalanish mashqlari.

Tabiatni asrash mavzusida uch yoki undan ortiq gapdan iborat matn yaratish. Bu jarayonda atoqli otlardan foydalanish, ularning bosh harflarda yozilishi haqida tushuncha berish.

Matnda berilgan tasvirlarni tushunish. Tasvirga mos rasmlar tanlash yoki chizish.



Jonli burchak. Berilgan audiomatnning mazmuni bilan tanishish, audiomatn tarkibida berilgan ayrim so‘zlar tahlilini olib borish, unli va undosh tovushlarni farqlash, ularni to‘g‘ri talaffuz qilish. J harfining ikki tovushni ifodalashi haqida ma’lumot berish, ularni farqlash bilan bog‘liq mashq
va topshiriqlar ustida ishlash. Matn mazmuni ustida ishlash, ushbu matnning xulosasi va g‘oyasi yuzasidan og‘zaki suhbat qurish.

Sevimli uy hayvonlari bilan bog‘liq mavzuda og‘zaki suhbat uyushtirish, bunda hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, nomlarning qanday tanlanishi bilan bog‘liq savollarga javob berish, o‘z fikrini ifodalashda xabar, so‘roq va buyruq ohangidan foydalana olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Hayvonlar bilan bog‘liq tasviriy ifodalar ustida ishlash, tasviriy ifodalarning nutqni boyitishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berish. Tasviriy ifodalar yordamida bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga rioya qilgan holda ikki yoki undan ortiq gap yozish, gapning oxirida qo‘llaniladigan tinish belgilari.

Matndagi (asardagi) voqealar ketma-ketligi hamda sabab va oqibat bog‘lanishlarini tushunish.



Husnixat darsi: so‘zlarning orasidagi masofani ajratishda bir xillikka rioya qilish, xatboshini ajratish.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin