Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


Ona tili va o‘qish savodxonligi (128 soat)



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə119/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Ona tili va o‘qish savodxonligi
(128 soat)


I. Boʻlim. Men, Sen, U va Ular
(25 soat)


Mening oilam. Berilgan matn tarkibidan qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlar va kishilarning ismlarini bildiruvchi so‘zlarni ajrata olish va ularning imlosini bilish. Matn uchun tayyorlangan savol va topshiriqlar ustida ishlash. Berilgan savolni tushunish va tartibli javob bera olish mashqlari. Kishilarning ism
va familiyasi bosh harflar bilan yozilishi, ayrim tovushlarning talaffuzi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Oila mavzusida nutq (matn) tuzish, so‘zlarda qo‘llanilayotgan unli va undosh tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish, bir-biriga oʻxshash (satr osti, satr usti harflari) harflarni farqlab yozish mashqlari ustida ishlash.

Tinglangan audiomatn tarkibidagi insonning tashqi ko‘rinishi va xarakterini ifodalashda ishlatiladigan til birliklarini aniqlay olish va ularning imlosi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Gaplar yig‘indisi va matnni farqlash. Matndagi gaplar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish. Matn yaxlitligiga xizmat qiladigan vositalarni (mantiqiy bog‘lanish, olmoshlar) tushunish.



Kun tartibi. Mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan matn ustida ishlash, unda berilgan harakatni bildiruvchi soʻz va birikmalarning ma’nosini anglash, imlosi bilan tanishishga oid mashq va topshiriqlar. Matn tarkibidagi yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarni aniqlash va ularning imlosi ustida ishlash.

Tartib, uning ahamiyati, bolalarning kun tartibi qanday bo‘lishi kerakligi haqida suhbat qurish, suhbat jarayonida tengdoshlari va kattalar bilan suhbatga kirisha olish, suhbatlashish odobiga rioya qilish, berilgan savolni tushunish


va tartibli javob bera olishga o‘rgatish mashqlari.

Kun tartibi bilan bog‘liq audiomatnni tinglash, ushbu matn asosida o‘z kun tartibini tuzish va uni yoza olishga oid topshiriqlarni bajarish mashqlari.

Vaqtni ifodalovchi so‘zlar va ularning imlosi bilan tanishish, raqamlar orqali berilgan sonlarni harflar orqali ifodalash, so‘zlar orasida vergulning qo‘llanilishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.

Matnda bayon etilgan voqealar ketma-ketligini tushunish. Voqealarni to‘g‘ri xronologik tartibda joylashtira olish.




Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin