Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish (128 soat)



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə115/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish
(128 soat)


I. Boʻlim. Tayyorgarlik davri
(23 soat)


1. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari (13 soat). Dastlabki so‘z boyligi, nutqiy imkoniyatlarini shakllantirish, narsalarni nomlash, ularni guruhlarga bo‘lish, rangi, shakli, xususiyati haqida tushuncha hosil qilish. Atrofdagi narsalar, ular orqali amalga oshiriladigan harakatlar, bajariladigan ishlarni so‘zlarda ifodalash.

Ovoz va nutqiy nafasni me’yorda qo‘llash kabi dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirib, rivojlantirib borish.

O‘quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‘nikma, darsning muayyan vaqt oralig‘ida davom etishi, rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‘lgan 2, 3 ta gapdan iborat matn tuzish, darslik bilan ishlash, harflarning bosma va yozma, bosh
va kichik harflar bilan tanishtirish.

Og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha; gap haqida tushuncha, so‘z


va bo‘g‘in haqida tushuncha, gap, so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi, unli va undosh tovush haqida tushuncha, maktab partasida to‘g‘ri o‘tirish, darslikdan foydalanishga oid ilk o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin