HUJJATGA OID DASTLABKI ATAMALAR
Matn protsessorlarida ishlaganda hujjatlarga oid quyidagi atamalarni
bilish lozim.
Shrift (nemischa) — alifbo harflari (lotin, kirill, arab, grek va boshqa), raqamlar va turli belgilarning yozma yoki bosma ko‘rinishi.
Shriftlar yozuv shakli (masalan, Baltika Uzbek, Times New Roman,Monotype Corsiva), chizmasi ko‘rinishi (og‘ma, tagchiziqli), rangga to‘yinganligi (masalan, oddiy, qalin), o‘lchami (masalan, 11 punkt, 14 punkt, bu yerda punkt = 0,3759 mm) bilan farq qiladi.
So‘z belgilar ketma-ketligi bo‘lib, ular bir-biridan probel, nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire, uzun tire yoki qo‘shtirnoq belgisi bilan ajralib turadi.
Satr — bitta chiziqda yozilgan so‘zlar, harflar yoki belgilar ketmaketligi. Matn protsessorlari satr oxirida so‘z yoki belgini keyingi satrga avtomatik o‘tkazadi.
Hoshiya — sahifa chetidagi toza saqlanadigan qism.
Bosh satr — hoshiyadan o‘ng yoki chap tomonga chekinishi bilan boshlanuvchi birinchi satr.
Abzas (nemischa) — bosh satri bo‘lgan satrlar ketma-ketligi. Abzaslar boshqalaridan chekinishi, yozuv stili (usuli, masalan, oddiy, asosiy, Sarlavha 1), intervali (satrlar orasining kengligi) bilan farqlanishi mumkin. Yangi abzasga o‘tish yoki bo‘sh satr qoldirish uchun Enter klavishi bosiladi.
Dostları ilə paylaş: |