Texnik ma‘lumotlar. Kulolchilik buyumlari: idish-tovoqlar bilan tanishish. Buyumga tayoqcha bilan pardoz berish. Sanitariya-gigiyena talablari.
Ish usullari: Ish joyini tashkil etish. Buyumning devorlarini barmoqlar bilan yassilash, bosib chuqur qilish yo‘li bilan idishlar yasash. Bir xil qalinlikdagi, lekin turli kattalikda bo‘lgan ustunchalardan buyum yasash. Buyumga tayoqcha bilan ishlov berish. Cho‘p bilan rasm solish, rangli plastilin bilan pardoz berish.
Tabiiy materiallar bilan ishlash (4 soat). Amaliy ish. Qurigan barglardan applikatsiya (qush, olmaxon), namuna bo‘yicha kompozitsiya yasash (guldasta). Namunaga qarab urug‘ va danaklardan (tarvuz, qovun, qovoq va hokazo) doira ichida bezaklar hosil qilish.
Ish usullari. Plastilin yordamida yoki yelimlash usullari bilan bezak hosil qilish.