Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


Grammatika va imlo qoidalarini o‘rgatish



Yüklə 225,44 Kb.
səhifə6/155
tarix09.05.2022
ölçüsü225,44 Kb.
#56934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
adativ-dastur-engohiri

Grammatika va imlo qoidalarini o‘rgatish

Grammatika va imlo qoidalarini o‘rgatish bo‘limida o‘qituvchilar boshlang‘ich sinflarda yozuv darslarida va yuqori sinflarda ona tili darslarida aqlan zaif o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish ishlarini qanday tashkil etishi lozimligi, yozuv malakalarini shakllantirishga qo‘yilgan talablar, yozma ishlarni hajmi, turlari, ularni tashkil etish yo‘llari, yozma ishlarni tekshirish va baholashga qo‘yilgan talablar ko‘rsatilgan.

Ta‘lim muassasalarida grammatika va imloni o‘rgatishdan maqsad:

-o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqini o‘stirish;

-orfografiya va punktuatsiya qoidalariga rioya qilgan holda savodli yozishga o‘rgatish.

Boshlang‘ich sinfda yozuv, yuqori sinflarda ona tili darslarining asosiy vazifasi:

-aqli zaif o‘quvchilarni, ularning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, mustaqil hayot kechirishida zarur bo‘lgan hajmdagi bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirib, hamma qatori o‘qish va yozuv malakalari bilan qurollantirish. Aqli zaif o‘quvchilarning yozuv malakalarini rivojlantirish ishlarining samaradorligi ta‘limiy va tarbiyaviy hamda korreksion ishlarni to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq.

Yozuv darslarida grammatika va imlodan bilimlarni hosil qilish jarayonida tilga oid materiallarni tahlil qilishga o‘rgatish orqali ularning aqliy va nutqiy qobiliyati o‘stiriladi. O‘quvchilar so‘zning fonetik tuzilishi, so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, ma‘noli qismlarga ajratish, ayrim so‘z turkumlari va ularning muhim belgilari bilan tanishadilar, gap va gap bo‘laklari haqida ma‘lumot oladilar, maxsus mavzularga aloqador imlo va tinish belgilari qoidalarini o‘rganadilar. Dasturda o‘quvchilarni so‘zning leksik ma‘nosi, ko‘p ma‘noli, ma‘no jihatidan bir-biriga yaqin ma‘nodosh so‘zlar bilan tanishtirishga alohida e’tibor beriladi. Shu bilan birga o‘quvchilarda nutqni tinglash iqtidori o‘stiriladi, adabiy tilda muloqotda bo‘lish ko‘nikmalari hosil qilinadi.


Yüklə 225,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin