IV. Bo‘lim. Sonlarni ko‘paytirish
(20 soat)
Bir nechta teng (bir xil) qo‘shiluvchilar yig‘indisi. Bir nechta bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish va sonni bir necha teng qo‘shiluvchilar yig‘indisi shaklida ifodalash.
Ko‘paytirish amali va uning ma’nosi. Ko‘paytirish. Ko‘paytirish amalining ma’nosi. Ko‘paytirishning bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topish ekanligi. Amalning atalishi va belgilanishi. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi.
2 sonini bir xonali songa ko‘paytirish. 2 sonini bir xonali songa ko‘paytirish jadvalini tuzish.
3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa ko‘paytirish. 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) sonini bir xonali songa ko‘paytirish jadvali. Jadval ichida ko‘paytirishga doir misol va masalalar.
0, 1 va 10 ga ko‘paytirish. 0, 1, 10 ga ko‘paytirish qoidalari va ularga doir misollar.
Bir xonali sonlarning ko‘paytirish jadvali. Bir xonali sonlarning ko‘paytirish jadvali va unga mos misollar.
Dostları ilə paylaş: |