2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari (10 soat). Yozuv darslari o‘qish darslari bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi. Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‘quvchi yozuv daftaridan to‘g‘ri foydalanish, parta ustiga daftarni to‘g‘ri qo‘yish yozuv daftari bilan o‘quvchi oralig‘ida muayyan masofani saqlash (35 sm); yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish, yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish, avval qalam bilan ishlab qo‘l
va barmoqlar motorikasini moslashtirgan holda rasmlar ustidan yurgizish, chiziqdan chiqmasdan berilgan rasmlarni bo‘yash; yozuv elementlarini to‘g‘ri idrok etish (qayerdan boshlash, qayerda to‘xtash, o‘ngga, chapga burish, yoza boshlash, qo‘l harakatini uzmay yozish).