O‘qishga o‘rgatish va nutq o‘stirish.
Ta‘lim muassasasida o‘qish darslarida bolalarni to‘g‘ri, ongli, tez, ifodali o‘qishga o‘rgatish, ovoz bilan va ovozsiz o‘qish, o‘qilgan matn mazmunini o‘qituvchining savollari yordamida, rasmlar asosida so‘ngra mustaqil bayon etishga o‘rgatish talab etiladi.
O‘qish uchun kichik hikoyalar, she’r, masal, maqol, o‘zbek va chet el yozuvchilari asarlari, o‘quvchilar ongiga mos keladigan ro‘znoma va oynomalardan matnlar ishlatiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ko‘rgan-kechirganlariga tayangan holda o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Qishda, qish fasliga oid hikoya, she’r, ertaklar o‘rganilsa, kuzda, kuz fasliga oid matnlar o‘rganiladi.
Ta‘lim muassasasida o‘qish darslarining tarbiyaviy vazifasi-buyuk ma‘naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, shakllantirish, ma‘naviyatli va ma‘rifatli bo‘lishini ta‘minlash. Bilish faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatib borishdan iborat.
To‘laqonli o‘qish malakalarini shakllantirish uchun bolani ongli, to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qishga o‘rgatish talab etiladi. Ushbu ta‘limiy ishlar tarbiyaviy va korreksion vazifalarni bajarish bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ta‘lim muassasasida o‘qish darslarining ta‘limiy vazifasi quyidagilardan iborat:
-aqli zaif bolalarni ongli, to‘g‘ri, tez, ifodali o‘qishga o‘rgatish;
-ovoz bilan va ovozsiz (ichida) o‘qishga o‘rgatish;
-o‘qilgan matn mazmunini avval o‘qituvchining yordami bilan, rasmlar asosida so‘ngra mustaqil bayon etishga o‘rgatish.
Matn mazmunini to‘liq idrok etish, bayon qilish, uni qismlarga, sarlavhalarga bo‘lish, sarlavhalarni nomlash, reja tuzish, reja asosida matn mazmunini izchillik bilan o‘z so‘zlari bilan gapirib berish, o‘zbek va chet el adabiyoti bilan tanishtirish, asar qahramonlarini bilish, salbiy va ijobiy obrazlarni ajrata olish. Asar qahramonlarining xatti-harakatini ifodalovchi misollarni asar matni ichidan topib o‘qish, qahramonlarga nisbatan o‘z munosabatini ifodalay olish, asar qahramonlariga sodda ta‘rif berish, she’riy asarlarni yod olishdan iborat.
O‘qish darslarining ta‘limiy vazifasi bilan birga tarbiyaviy vazifalari ham amalga oshiriladi.
O‘qish darslari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish borasida eng qulay fan bo‘lib hisoblanadi. O‘qish darsida ishlatiladigan kichik hikoya, she’r, masal, topishmoq, tez aytishlar, rivoyat, xadislardan namunalar, yirik badiiy asarlardan parchalar, ilmiy-ommabop ishga doir maqolalar o‘quvchilar yoshi, ongiga mos keladigan badiiy asarlardan namunalar, bola shaxsini shakllantirib boradi, uni axloq va odobga o‘rgatadi, ularning milliy mafkurasini, ma‘naviyatini shakllantiradi. O‘qishga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar tarbiyalanadi, ma‘naviyati oshadi, dunyoqarashi kengayib, ijobiy xislatlari tarkib topadi.
O‘quv dasturi ta‘lim muassasasining metod birlashmasida o‘rganilib, o‘quvchining o‘quv imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilangan soatlar doirasida 15 foizgacha o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur o‘zgarishlar tegishli tartibda pedagogik kengashda tasdiqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |