Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


a) ta’lim muassasasida va uning hududida



Yüklə 155,5 Kb.
səhifə8/11
tarix14.09.2023
ölçüsü155,5 Kb.
#143345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
@Talim fidoiylariga Umumiy o\'rta ta\'lim muassasalaridning ichki

a) ta’lim muassasasida va uning hududida:
- o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish;
- dars mashg‘ulotlari vaqtida ta’lim muassasasi hududida sababsiz yurish;
- ta’lim muassasasi yo‘laklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;
- ta’lim muassasasi hududida baland ovozda so‘zlashish, qog‘oz va boshqa chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;
- muqovasida ma’naviyatga zid bo‘lgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish;
- turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish hamda tarqatish;
- ta’lim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, o‘tkir kesuvchi va tig‘li buyumlarni olib kelish;
- uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi ma’lumotlarni ko‘rish va tarqatish, kiberbullingni o‘tkazish;
- uyali aloqa vositalarini bo‘yniga osib olishi, ko‘ylak, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
b) dars mashg‘ulotlari (sinf xonalari)da:
- dars vaqtida o‘rinsiz gaplashish, ovqatlanish, saqich chaynash;
- qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketish;
- mashg‘ulotlar yakunlangunga qadar ta’lim muassasasi hududidan o‘qituvchilar ruxsatisiz tashqariga chiqish;
- yozma ishlar va oraliq nazoratlarni bajarish vaqtida chetdan yordam so‘rash;
- boshqa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish;
- telefondan (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) foydalanish, uni parta ustiga qo‘yish.
4-bob. Rag‘batlantirish va ta’sirchan choralar ko‘rish tartibi
29. O‘quv yili davomida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, namunaviy xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun hamda mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya qilgan, ta’lim muassasasida ijobiy sog‘lom muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:
- mahalla raislari bilan birgalikda namunali ota-onalarga “minnatdorchilik xati”ni yuborish;
- ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga “Faxriy yorliq”, “tashakkurnoma” e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
- esdalik sovg‘alar bilan taqdirlash;
- muassasa radiouzel va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilish;
- “Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasi bilan taqdirlash;
- o‘quvchilarning yashash manziliga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga tashakkurnoma yuborish;
- “Har bir nuroniy – o‘smir yoshlarning g‘amxo‘r murabbiyi” tamoyili asosida tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar mahallada katta hurmatga ega bo‘lgan nuroniylarning tarbiyasiga biriktirish.

Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin