Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 262,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix14.12.2023
ölçüsü262,04 Kb.
#178634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Odob axloq qoidalari 2022

b) dars mashg‘ulotlarida

- tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish; 
- vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash 
va qaratish; 
- o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda 
qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash; 
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish; 
d) tanaffusda: 
- o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish; 
- navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish;
- fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash; 
- katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining 
tozaligini ta’minlash; 
e) ta’lim muassasasi oshxonasida: 
- ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvish; 
- umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish; 
- taomlarni olishda “navbatga turish” tartibiga rioya qilish va imkoni boricha 
ijtimoiy masofani saqlash; 
- tirbandlik holatida ustozlar, o‘zidan kichiklarga va qizlarga hurmat 
ko‘rsatish; 
- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik; 
- issiq va suyuq ovqatlarni olishda va iste’mol qilishda ehtiyotkor bo‘lish; 
- oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni oshxonaning o‘zida iste’mol 
qilish; 
- ovqatlangandan so‘ng idishlarni yig‘ishtirib qo‘yish; 
f) ta’lim muassasasi kutubxonasida: 
- kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada bo‘lish; 
- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; 
- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish; 
g) sport zali (majmuasi)da:
- sport zaliga xos bo‘lgan kiyim va poyabzalda kirish; 
- sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish; 


10 
- mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta 
topshirish; 
- sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilish. 

Yüklə 262,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin