Qoidalarning joriy etishdan maqsad ta’lim muassasasida sog‘lom
ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy
qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish,
odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim muassasasi mulki,
o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona
muhitni yaratishdan iborat.
8. Qoidalar jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi hududida, dars va darsdan
tashqari mashg‘ulotlar, tanaffus vaqtlarida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq
tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan me’yorlar hisoblanadi.
9. Mazkur qoidalar jamoa a’zolari va o‘quvchilar uchun ta’lim muassasasi
hududida majburiy hisoblanadi.
10. Qoidalarga amal qilish yuzasidan jamoatchilik, ota-onalar, ta’lim
muassasalari pedagog xodimlari orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot
qilinadi.
2-bob. Ichki tartib qoidalariga rioya qilishi 11. Ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-
hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, zo‘ravonlikni oldini olish, do‘stona muhitni
yaratish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim
shartlardan biri hisoblanadi.
12. Ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar har bir
o‘quvchiga e’tiborli munosabatda bo‘ladi, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilarga
teng imkoniyatlarni yaratadi va vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan,
nizoli holatlarni qonunlarga muvofiq tasdiqlangan
(va barcha manfaatdor tomonlarga ma’lum qilingan) qoidalar, ta’lim muassasasining ichki tartibiga ko‘ra
hal etadi. O‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal
qilinadi.
13. Irqi, millati, diniy e’tiqodi, jinsi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib
chiqishiga ko‘ra, o‘quvchini o‘quv jarayonidan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu bilan birga, qoidalarni buzganlik majburiy ta’limdan chetlatishga yo‘l
qo‘yilmaydi (Sud qarorlari bilan maxsus ta’lim muassasasiga yuborish holatlari
bundan mustasno).