Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 311,87 Kb.
səhifə10/17
tarix21.12.2023
ölçüsü311,87 Kb.
#188411
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
246 Одоб ахлок ички тартиб

4-bob. Yakuniy qoidalar
34. Mazkur qoidalar bilan har o‘quv yili boshida o‘quvchilarning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga hamda ta’lim muassasasi pedagog xodimlari tanishtiriladi (tanishtirish varaqasi namunasi ilova qilinadi).
35. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan nizoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
36. Mazkur Qoidalar ta’lim muassasasi hududida amal qilinishi lozim bo‘lgan minimal talablar hisoblanib, muassasa tomonidan qabul qilinadigan Ustavda ushbu qoidalar qat’iy belgilangan holda kiritiladi va uning ijrosi shaxsan ta’lim muassasasi rahbari tomonidan ta’minlanadi.
.

TASDIQLAYMAN”


25-sonli umumta`lim maktabi
direktori________ SH Erniyozov
15- avgust 2022 yil


Sariosiyo tuman halq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli umumta’lim maktabida navbatdan tashqari o‘tkazilgan yig‘ilish


BAYONI
2022 yil 15- avgust Jannatmakon MFY


Yig‘ilish raisi : SH Erniyozov -maktab direktori


Qatnashdilar: Maktab O`IBDO`, MMIBDO`, psixolog , pedagog xodimlar
40 nafar
KUN TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-ahloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Ilovani pedagog va ishchi xodimlarga tushuntirish to‘g‘risida.


Yig‘ilishni maktab direktori SH Erniyozov ochdi va olib bordi.


Yig‘ilish kun tartibigagi masala bo`yicha yig`ilganlarga tanishtirib O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-ahloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug`ini o`qib eshittirdi.
Maktab direktori SH Erniyozov o‘z so‘zida bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini aytib o‘tdi.
YOsh avlodni past saviyadagi «Ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozimligiga to‘xtaldi .
Bu boradagi ishlarni avvalo, maktabining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini aytib o‘tdi .
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv
qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutishini ta’kidladi .
Maktabda kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘qituvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, «Maktab ichki tartib-qoidalari»ning tarkibiy qismi sifatida «Maktab o‘qituvchi va xodimlarining odob-axloq qoidalari» ishlab chiqilganligini o‘qib eshittirdi.

Masala yuzasidan maktabning maktab ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Yorovga so‘z navbati berildi. U o`z so`zida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘iga 1-ILOVA “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ichki tartib va odob-axloq qoidalarining boblari va bandlari bilan o`qituvchi va ishchi xodimlarniyana bir bor o`qib tanishtirib chiqdi.


Buyruqda Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan
o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

Yüklə 311,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin