Ichki tartib qoidalari - umumiy o‘rta ta’lim muassasasida xodimlar
va o‘quvchilar tomonidan ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda va muassasa Ustavida belgilab qo‘yilgan ta’lim jarayonida rioya etilishi shart bo‘lgan tartib
va qoidalar.
Odob-axloq qoidalari - umumiy o‘rta ta’lim muassasasida milliy
va umuminsoniy qadriyatlar asosida xodimlar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun belgilangan xulq-atvor me’yorlari.
Mazkur ichki tartib va odob-axloq qoidalari umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi faoliyati bilan bog‘liq asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi jamoasi
va o‘quvchilari rioya etishlari uchun majburiy hisoblanishi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari (keyingi o‘rinlarda – jamoa a’zolari) hamda o‘quvchilari, ularning
ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun o‘zaro munosabatlarda odob-axloq, xulq-atvor me’yorlariga qo‘yiladigan minimal talablarni belgilanishi to`g`risida gapirib o`tdii.
Qoidalarning joriy etishdan maqsad ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona muhitni yaratishdan iborat.
Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga rioya etishlari talab etiladi: - pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari;
- rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;
- jamoa a’zolari orasida turli xil zo‘ravonlik va kamsituvchi (bulling)
xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- jamoa a’zolari tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga o‘z vaqtida kelishlari;
- ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarida o‘ng tomonidan yurishlari;
- jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatishlari tavsiya etiladi);
- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;