Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü108,5 Kb.
#34812
1   2   3   4
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qo

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o‘quvchilari (keyingi o‘rinlarda jamoa a’zolari deb yuritiladi), ularning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o‘zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Ushbu qoidalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘qituvchi mavqeining dahlsizligini e’tirof etish, do‘stona muhitni yaratish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

2. Mazkur qoidalar davlat umumta’lim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.

3. Qoidalarning maqsadi ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘ligini saqlash, ta’lim muassasasi
mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona ish muhitini yaratishdan iborat.

4. Qoidalar ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, ta’lim


va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan qoidalar to‘plami hisoblanadi.

5. Mazkur qoidalar talablari umumta’lim maktabi jamoa a’zolari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun ta’lim muassasasi doirasida majburiy hisoblanadi.



Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin