68
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan
bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi.
Hissiyotlar
boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki
a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv
tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. Chunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi,
qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki
odamning ovozida ham
o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura
boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
2
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon aylanish
tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan,
materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir
tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi»,
«Sovuq ter bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot
paytida odamning ichki
a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i bilan ham
bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz
harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga
ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar).
Bu jihatdan akademik
I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda
akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi:
«Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush
Dostları ilə paylaş: