Umumiy pedagogika fanidan



Yüklə 236,77 Kb.
səhifə6/6
tarix08.03.2023
ölçüsü236,77 Kb.
#87009
1   2   3   4   5   6
Jumayeva Gulandom

Bolalarni jamoada tarbiyalash nazariyasi A.S.Makarenkoning amaliy faoliyatida rivojlandi. Uning ta’kidlashicha, jamoa tarbiyaning shakli, quroli, vositasi hamda har bir shaxsni rivojlantirish manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, jamoada shaxs erkinligi va qadr-qimmati hamda himoyalanganligi va ijtimoiy aloqalari ta’minlanadi.

  • Bolalarni jamoada tarbiyalash nazariyasi A.S.Makarenkoning amaliy faoliyatida rivojlandi. Uning ta’kidlashicha, jamoa tarbiyaning shakli, quroli, vositasi hamda har bir shaxsni rivojlantirish manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, jamoada shaxs erkinligi va qadr-qimmati hamda himoyalanganligi va ijtimoiy aloqalari ta’minlanadi.
  • Shuning uchun insoniylik tarbiyasi bu jamoaviy tarbiya deb hisoblanib, tarbiyalovch jamoani shakllantirishning ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Tarbiyalovchi jamoa bu o‘zining vazifalariga, an’analariga, munosabat stiliga, o‘z- o‘zini boshqarish organlariga ega bo‘lgan tirik ijtimoiy hodisadir. Makarenkoning xizmatlari yana shunda ko‘rindiki, u birinchilardan bo‘lib, jamoa tarbiyasining asosiy prinsiplarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, ularga bolani ijobiy tomonlariga tayanish, parallel ta’sir etish, bola shaxsiga hurmat va talab uyg‘unligi, bolaga individual ta’sir etish prinsiplari kiradi.
  • Jamoa nazariyasining rivojlanishiga polyak pedagogi Ya.Korchak munosib hissa qo‘shgan. U tarbiyaning maqsadi - bu bolani ichki kuch va imkoniyatlarini, qobiliyatlarini to‘liq, erkin, har tomonlama mustaqil rivojlantirish deb hisoblagan. Uning fikricha, bu jarayonining asosiy omili demokratik tarzda tashkillashtirilgan, bolalar hayotini to‘liqligini ta’minlovchi, ularni xulq-atvorini tuzatuvchi, o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi bolalar jamoasi hisoblanadi deb ta’kidlagan. Tarbiyachining vazifasi bolani xatti-harakatlarini kuzata olishi,uning xulq-atvori motivlarini tushunishi, hurmat asosidagi munosabatlarini o‘rnata olishni bilishi hisoblanadi.

Yüklə 236,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin