Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bo’lib, ular partiya va dindan tashqari muassasa. Ularning ko’pchiligi kechki bo’lib, faqat 1989 yilda universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tinglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag’batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mln. marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag’ bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o’z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko’proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtirok etadi. Evangel cherkovi o’zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo’yicha konferentsiyalar tashkil etadi.

Oliy o’quv yurtlarida tadqiqot bilan shug’ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan beri «Tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy printsiplariga aylanib qolgan.
Nazorat savollari:
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim yo’nalishlari qanday belgilangan?
2. AQSh da ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?
3. Yaponiya ta’lim tizimi haqida gapirib bering.
4. Janubiy Koreyada ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?
5. Frantsiyadagi ta’lim tizimini so’zlab bering.
6. Germaniya ta’lim tizimi qanday tashkil etilgan?