Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari quyidagilardan iborat:
psixodiagnostga mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish;
psixolog haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya'ni kafolat sifatida;
psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar;
psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chiqish.
Tayyorgarlik Adaptatsion Asosiy Interpretatsiya Yakuniy
Psixodiagnostik tekshituv asosida to‘planadigan ma`lumot turlari
L – ma`lumotlar (Life record data) Kuzatish asosila inson hayotidagi asosiy ma’lumotlar kuzatish, ekspert baholash natijalarini qayd etish orqali to‘planadi. Asosiy talab: - baholanayotgan xususiyat kuzatilayotgan xulq nuqtai nazaridan yoritilishi;
- ekspert sinaluvchini yetarlicha uzoq vaqt uzluksiz kuzatish imkoniyatiga bo‘lishi;
- bir sinaluvchi uchun kamida 10 nafar ekspertning bahosi zarur;
- sinaluvchilarni saralashda ekspertlar qat’iy bir mezonni belgilab olishlari zarur.
Q – ma`lumotlar (Questionnaire data) so‘rovnomalar asosida to‘plangan ma’lumotlar. MMPI (Minnesota ko‘pfaktorli shaxs so‘rovnomasi), R.Kettellning 16-faktorli shaxs so‘rovnomasi. Natijalarni tahlil qilishda e’tibor berish kerak: - bilish jarayonlari (sinaluvchining past darajadagi intellektual va ma’naviy salohiyati, introspeksiya ko‘nikmasining yetishmasligi, noto‘g‘ri etalonlar ta’siriga berilganligi natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar);
- motivatsion (“ijtimoiy kutuvlarga” mos javoblarni berish va rost javoblardan qochish istagining ta’siridagi javoblar).