Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə100/169
tarix19.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#117939
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali (1)

Adabiyotlar

  1. David G. Myers. Psychology. © 2010 by Worth Publishers.

  2. William James. The Principles of Psychology. © 2010 by University Adelaide.


8. Temperament. Xarakter. Qobiliyat
Reja
1.Temperament haqida tushuncha. Temperamentning rivojlanish tarixi.
2.Oliy nerv faoliyati tipi va temperament. Temperament tiplari.
3.Temperament xususiyatlari. Faoliyatning indvidual uslubi va temperament.
4. Temperamentni tarbiyalash.
5.Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning nerv-fiziologik asoslari.
6.Xarakter tipologiyasi, xarakter aksentuatsiyasi, xarakter tarkibi, xarakterning shakllanishi.
7.Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. Xarakter borasidagi ta’limotlar.
8.Xarakter va uning boshqa psixologik hodisalar bilan bog‘liqligi
9. Qobiliyatlar haqida tushuncha. Qobiliyat va irsiyat.
10.Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi. Qobiliyatlar tuzilishi.
11. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi. Qobiliyat va talantlarning tabiiy shartlari.
12. Qobiliyat borasidagi nazariyalar, qobiliyatlarning tabiiy asoslari. Qobiliyatlarning rivojlanishi
1.Temperament haqida tushuncha, temperamentni rivojlanishi tarixi.
Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillar) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament» tushunchasi paydo bo`ladi va temperament turlarining nomlari saqlanib qoldi.
Bu qadimiy gumoral (subqlikka asoslangan) nazariya bo`lib, u temperament xususiyatlarini organizmdagi suyuqliklar bilan bog`laydi. Gippokrat fikricha, inson organizmida to`rt xil suyuqlik mavjud:
Safro (yunon chole)
Qon (lotin Sanguis)
Qora o`t ( yunon melaine chole)
Shilimshiq (yunon phlagma)
Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga ega.
Safro xususiyati - quruqlik. Uning o`rni organizmda quruqlikni saqlash.
Qonning xususiyati – namlik. U organizmni isitadi.
Shilimshiqning xususiyati – sovuqlik. U organizmni sovo`tishga xizmat qiladi.
Tеmpеramеnt lоtincha temperamentum - narsalarning tеgishli nisbati dеgan so`zdan оlingan.
Tеmpеramеnt haqida dastlab eramizdan оldingi bеshinchi asrda yashagan vrach Gippоkrat, eramizdan оldingi ikkinchi asrda yashagan Galеn, o`ninchi asrda yashagan ibn Sinо va bоshqalar o`z qarashlarini bildirganlar. Galеn birinchi bo`lib tеmpеramеntning kеngaytirilgan tasnifini bеrib, uning 13 turini sanab o`tgan. Kеyinrоq vatandоshimiz Ibn Sinо tеmpеramеntni mizоj dеb atab, uning issiq va sоvuq turini, bu оdamning rangi, qоnining miqdоri, quyuq yoki suyuqligiga bоg`liqligini aytgan.
Gippokrat fikricha inson organizmida mana shu to`rttadan bitta suyuqlik ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminologiyasida «krasis» deb atalib, (arlashma, qorishma) tarjima qilinganda «temperament» tushunchasi yuzaga keladi.
Gippokrat nazariyasi asosida 4 ta temperament turlari haqidagi ta’limot yuzaga keldi va temperament turlariga asos solindi. Unga asosan singvinik (sangvinik lotin Sanguis - qon), xolerik (yunon chole – safro, sariq o`t), melanxolik (yunon melaina chole qora o`t), flegmatik (yunon phlagma – shilimshiq) turlari yuzaga keldi.
Temperamentga taalluqli Abu Ali ibn Sino qarashlari (980-1037 y.) ham juda qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino ta’limoti Gippokrat ta’limotiga asoslngan bo`lib, uning fikricha temperament bir-biriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yuzaga keladigan xususiyatdir. Ulardan birining ustuvorligi temperament turini yuzaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Abu Ali ibn Sino fikrilari temperament haqidagi ta’limot tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega.
Ilk bora temperament xususiyatlarning psixologik tavsifi nemis faylasufi I.Kant («Antropologiya», 1789 y.) tomonidan berilgan bo`lib, uning fikrlari, g`oyalarida temperament va xarakter sifatlarning aralashib ketishi namoyon bo`ladi. I.Kant ham o`z g`oyalarida gumoral nazariya asoschilariga suyanadi.
Gumoral nazariya yaqinroq fikrlarni I.F.Lesgaft (1837-1909) ilgari surib, u asosan temperament turlarini namoyon bo`lishini qon almashishinishi bilan bog`laydi.
Bunda u temperament turlari qon tomirlarini diametri, yurak formasi va tuzilishiga bog`liq deydi. Uning fikricha, qalin qon tomirlariga ega bo`lganlar xoleriklar, tor qon tomirliklar melanxoliklar va h.q.dir.
Temperamentni tadqiq qilishning ikkinchi yo`nalishi konstitutsional nazariyaga bog`liqdir. Uning asoschisi E.Krechmer (1888-1964) bo`lib, u temperament tiplarini morfologik konstitutsiyaga qarab aniqlashga e’tiborni qaratadi. Kremerga asosan, ular shizoid temperamentga xos bo`lib, ular his-tuyg`uga beriluvchan, sovuqqon, o`z ichki dunyosi bilan band, xatti-harakatlari chegaralangan kishilardir.
Morfologik nazariyaga amerikalik psixolog U.Sheldonining(1898-1974) ha kontseptsiyasini kiritish mumkin bo`lib, unga asosan temperament uch somatik konstitutsiyaga ega? Endomorf, mezamorf va ektomorf.
Endomorf – yumshoqlik, dumaloq tana tuzilishi, sust rivojlangan suyak va muskul tizimi, sevgi va komfortga intiluvchanlik, his-tuyg`uga beriluvchanlik, sekin harakatlanish xosdir. U vistserotonik temperamentdir.
Mezomorf - qt’iylik, beshafqatlik, qat’iy xatti-harakatlr, suyak, muskul tizimining yaxshi rivojlanganligi, kuchlilik, atletik tana tuzilishi, sevgi ishtiyoqlariga qiziqish, tavakkalchilik, faollik, qo`rqmaslik va agressivlik xosdir. Bu somototonik temperamentidir.
Ektomorf – noziklik, muskulning namoyon bo`lmasligi, kam kirishimlilik, odamovilik, yolg`izlikka intilish, yuqori reaktivlik xosdir. Bu tserobrotonik temperamentidir.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin