Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Odamda aks ettirish darajasi. Ongning paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə27/169
tarix19.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#117939
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali (1)

Odamda aks ettirish darajasi. Ongning paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti .
Aks ettirishning bir-biriga o`хshashligi eng avvalо sеzgi a’zоlari va nеrv tizimining tuzilishiga bоg’liq.
Psixologiya fanida aks ettirishning quyidagi ko`rinishlari tan olinadi: fizik, fiziologik, psixik, ong, o`zini anglash.
Ob’ektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan uzviy bog`liqligi sub’ekgiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog`liq) shart-sharoitlar muomalaning, faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oshishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.
Sub’ektiv shart-sharoitlarning qatoriga shaxsning barqarorligi, xarakterning mustahkamlngi, ehtiyoj, motiv, maslak, salohiyatining puxtaligi, o`zini o`zi boshqarish uslubining qat’iy ravishda shakllanganligi, biologik shartlangan xislatlar esa o`zaro uyg`unlashganligi kabilar kiradi.
Xo`sh, nima uchun shaxs tasodiflarning oldini olishga tayyor emas yoki ko`pincha u bu borada kuchsizlik, ojizlik qiladi? Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda hal qilish ham mumkin:
1) shaxs ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo`lishidan qat’i nazar - u tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta’siriga beriluvchandir:
2) shaxsning tana a’zolari favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar-risk);
3) shaxs komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog`lanish oqibatlarini, fobiya (qo`rqish) bilan bog`liq his-tuyg`ularii oldindan sezish, payqash, ularga nisbatan aks ta’sir berish imkoni yo`q:
4) shaxsda ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka bilan qurollanmaganligi) uning xavf-xatar qurboniga aylantirishi shubhasiz.
Jahon psixologiyasi fanining ma’lumotlariga qaraganda, muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet juda kuchsiz aks ta’sir ko`rsatish imkoniyatiga ega.
Ma’lumki, jismoniy, axloqiy va aqliy barkamollik tub ma’nodagi komil inson to`g`risida mulohaza yuritishga imkon beradi va tarkiblarning to`la munosibligi, uyg`unlashganligi, o`zaro taqozo etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi, komillik darajasi sub’ektning ma’naviy
dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar, favquloddagi vaziyatlar shaxs tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul qilinmaydi.
Muvaffaqiyat garovi funktsiyasini bajaruvchi omillarning genezisi to`g`risidagi fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligi, asosiy manba ekanligini nazarda to`tish nazariy hamda metodologik muammolar yechimini oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi, boshlang`ich harakat nuqtasini belgilab berishga xizmat qiladi.
Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat, xulq va muomalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan quyidagilarga bog`liq:
1. Ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlar mavjudligiga.
2. Ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar hukm surishini o`zgartiruvchi tasodifiy va favquloddagi vaziyatlar ta’sirchanligiga, ustuvorligiga.
3. Emotsiya va hissiyotning ijobiy (pozitiv), salbiy (negativ) xususiyat kasb etishiga.
4. Insonning shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarnning barqarorligiga.
5. Shaxsning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin