Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin)



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə130/169
tarix19.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#117939
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali (1)

Yosh davrlarining etakchi faoliyat nuqtai nazaridan tasniflanishi haqida (D.B.Elkonin).
D.B.Elkоninning tasnifi еtakchi faоliyat (A.N. Lеоntеv) nazariyasiga, har qaysi rivоjlanish pallasida faоliyatning birоr ustunlik qilishi mumkinligiga asоslanadi. Еtakchi faоliyatning insоn shaхs sifatida kamоl tоpishidagi rоli nazariyaning nеgizini tashkil qiladi.
D.B.Elkоnin yosh davrlarini quyidagi bоsqichlarga ajratishni lоzim tоpadi:
1) go`daklik davri – tug`ilgandan 1 yoshgacha; asоsiy faоliyat – bеvоsita emоtsiоnal mulоqоt;
2) ilk bоlalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha; asоsiy faоliyat – prеdmеt bilan nоzik harakatlar qilish;
3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha; asоsiy faоliyat – rоlli o`yinlar;
4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha; asоsiy faоliyat – o`qish;
5) kichik o`smirlik davri 10 yoshdan 15 yoshgacha: asоsiy faоliyat – shaхsning intim mulоqоti;
6) katta o`smirlik yoki ilk o`spirinlik davri – 16 yoshdan 17 yoshgacha: asоsiy faоliyat – o`qish, kasb tanlash.
D.B.Elkоnin tasnifining, ko`pchilik psiхоlоglar ma’qullashiga qaramay, unda ayrim munоzarali jihatlar ham bоr. Umuman esa D.B.Elkоninning mazkur nazariyasi psiхоlоgiya fanida, ayniqsa, yosh davrlari psiхоlоgiyasida muhim o`rin tutadi.
Psixik rivojlanishda yosh davri inqirozi muammosi.
Inson psixikasi doimo rivojlanishda. Bola insoniyat tarixi davomida jamg‘argan tajribalarni o‘zlashtirishi jarayonida rivojlanadi. Bu jarayon kattalar tomonidan doimiy nazorat, ya’ni ta’lim sharoitida amalga oshadi. Ta’lim bolaning psixik rivojlanishi jarayonida belgilovchi rol’ o‘ynaydi.
Ta’lim tabiiy iste’dod, ijtimoiy muhit va u yoki bu yosh uchun samarali, tushunarli ta’lim usullariga asoslanadi. SHunday qilib, shu narsani ko‘rish mumkinki, go‘daqlikda ko‘rgazmali-harakatli fikrlash, keyin esa ko‘rgazmali-obrazli, og‘zaki-mantiqiy, mavhum, umumiy nazariy fikrlash turlari paydo bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o‘zgarishi va murakkablashishi sodir bo‘lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlarni, ya’ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi.
Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o‘zgaradi, usullar yig‘ilishi va o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bola ko‘p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o‘zgaradi.
Mazkur o‘zgarishlar ichidan nisbatan umumiy va belgilovchi o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o‘zgarishi, murakablashishi sodir bo‘lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o‘zgarishlar, ya’ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) bola shaxsini yo‘naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o‘qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat).
2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob’ekt)
3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi.
SHunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo‘lish mumkin:
1) ta’lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi.
2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi
3)shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo‘naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi, anglash va fikrlash).
Ko‘rsatilgan rivojlanish yo‘llarining har biri o‘ziga xos. Bu yo‘llarning barchasi o‘zaro bog‘liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o‘zgarishlar jarayonini tashkil etadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin