Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə131/169
tarix19.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#117939
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nali (1)

Adabiyotlar

  1. David G. Myers. Psychology. © 2010 by Worth Publishers.

  2. William James. The Principles of Psychology. © 2010 by University Adelaide.

10.Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar.
Reja
1. Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha.
2.Tug`ilish davri inqirozi. «Tirilish kompleksi» haqida.
3.Go‘daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati. Bir yosh inqirozi haqida.
4.Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
5.Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanish xususiyatlari.
6.Ilk bolalik davrida o‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va 3 yosh inqirozi.


1.Perinatal va chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha.
CHaqaloqlik (tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko‘pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug‘iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg‘armasiga ega bo‘ladi.
Tug‘ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo‘lishning yangi tajribalarini o‘zlashtirish imkoniga sohib bo‘ladi.
CHaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. SHu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi.
CHaqaloqlik davri oxiri va go‘daqlikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo‘lishiga munosabat bildirish paydo bo‘ladi.
Go‘daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go‘dak to‘laligicha kattalarga bog‘liq bo‘ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo‘rgaklashadi, ag‘darib qo‘yishadi, qo‘lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, yurishga o‘rgatishadi va h.k.).
Hayotining birinchi yili so‘ngiga kelib go‘dak ayrim so‘zlarni tushunadi va ilk so‘zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o‘z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko‘tarila olmaydi.
Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go‘daqlik so‘ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o‘zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o‘rganadi.
Bоla tug’ilganidan 1 yoshgacha bo`lgan davrda jismоniy va psiхоlоgik jiхatdan juda tеz usadi. Bu davrda bоla kup jiхatdan оngsiz bo`lib kattalarning dоimiy va to`g’ri parvarishiga muхtоj bo`ladi. Bоlaning kеlgusida sоg`lоm bo`lishi va psiхik jiхatdan nоrmal o`sishi uning shu davrda to`g’ri parvarish qilinishiga bоg’lik.
Bu yoshda bоlaning nеrv sistеmasi ham tеz usib bоradi - miyaning оgirligi 350 gr-dan 900 gr bоradi, (1 yoshdan 3 yoshgacha 200 g оrtadi) bоshni tik to`tishi, narsalarni paypaslab ushlash, turishga o`rinish, emaklash, faоliyatlari vujudga kеladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin